211
Tomchilatib sug‘orish tizimining suv manbasi sifatida yer
usti suvlari ishlatilganda tizimning tarkibi uncha o‘zgarmaydi,
tarkibga faqat hovuz-tindirgich qo‘shiladi, boshqa qismlar esa
odatdagidek nasos qurilmasi, filtr, o‘g‘itlovchi moslama, bosh va
tarqatuvchi quvurlar, ulovchilar (kran va fitinglar), tomizgichli
shlang va tomizgichlar kabi qismlardan iborat bo‘ladi.
Tomchilatib sug‘orish tizimida ishlatish
uchun suv yer osti
suv manbasidan olayotgan holat uchun tomchilatib sug‘orish
tizimining sxematik tarzdagi umumiy ko‘rinishi 5.1-rasmda
keltirilgan.
5.1-rasm. Tomchilatib sug‘orish tizimining umumiy sxematik
ko‘rinishi.
1-suv manbasi; 2-nasos qurilmasi; 3-o‘g‘itlovchi; 4-
filtr (qumli); 5-filtr (disk, to‘rli); 6-magistral quvur;
7-tarqatish quvuri; 8-bosim rostlagich (kranlar); 9-
sug‘orish shlangi; 10-tomizgichlar.
212
Sug‘oriladigan ekin maydonining joylashgan o‘rni va
ishlatadigan suvining sifatiga ko‘ra tizimning
tarkibiga kiruvchi
qismlarning boshqa turlari ham bo‘lishi mumkin.