213
a) kichik hajmli hovuz
b) tindirgich vazifasini
bajaruvchi (uzun) hovuz
5.2-rasm.
Tomchilatib sug‘orish tizimi hovuz-tindirgichining
ko‘rinishlari.
a) hovuz chuqurini tayyorlash
b) yonlarini armaturalab,
betonlash
5.3-rasm. Hovuz tubini va devorlarini betonlashga tayyorlash.
Bunda hovuz o‘rnini kavlashdan chiqqan tuproq-gruntni
hovuzning qirg‘oqlariga yotqizilib, qirg‘oqlar baland ko‘tariladi.
Hovuzning tubi va yuzasining asoslari bir xil bo‘lgan
hovuzlarni temir-beton yoki metall
qoplamali konstruksiyalarni
o‘stirish hisobiga avvaldan baland qilib tayinlash mumkin.
Suvning yerga behudaga singib isrof bo‘lishini oldini olish
maqsadida hovuz-tindirgichning tubi va qirg‘oqlari qoplamalar
bilan gidroizolyatsiya qilinadi.
214
a) bir seksiyali chuqur hovuz
a) ikki seksiyali uzun hovuz
5.4-rasm. Hovuz tubi va yonlarini geomembrana bilan qoplash.
Bunday qoplamalar sifatida beton, temir-beton, metall va
geomembranalar (polietilen plyonka) ishlatiladi.
Hovuz-tindirgichning o‘lchamlarini
hovuz joylashadigan
o‘rin uchun yer ajratish imkoniyatlaridan kelib chiqib, tindirilishi
kerak bo‘lgan suvning loyqalik darajasini e’tiborga olgan tarzda
sug‘orish tizimining loyihaviy suv sarfi asosida aniqlansa va uni
bir nechta seksiyali ko‘rinishda joriy qilinsa, maqsadga muvofiq
bo‘ladi
Hovuz-tindirgichni dalaning elektr tarmog‘iga yaqin joyida,
suv
yetkazib
beruvchi
quvurlar
imkon
qadar
kamroq
sarflanadigan masofada joylashtirish maqsadga muvofiq sanaladi.
Hovuz-tindirgichning hajmini (kattaligini) suvni to‘liq tindira
oladigan va o‘zida hech bo‘lmaganda bir sug‘orishga yetadigan
suvni saqlaydigan kattalikda bo‘lishi sharti asosida belgilanadi.
Masalan, 5 gektarli mevali bog‘ni bir marta sug‘orishga
sarflanadigan suvning hajmi (1 ga uchun 50-60 m
3
)
asos qilib
olinadigan bo‘linsa, quriladigan hovuz – tindirgichning hajmini
200-250 m
3
deb qabul qilish mumkin (5.5-rasm).
Hovuzning tubi va devorlariga qoplama yotqizilishi suvning
behudaga tuproqqa shimilib ketishini oldini oladi va mavjud
suvdan samarali foydalanish imkoniyatlarini yaratadi.