209
navli daraxtlar va bir yillik ekinlarni tomchilatib sug‘orish uchun
qo‘llanadi.
4.3.5. Tomizgichli lenta ko‘rinishidagi yupqa devorli
sug‘orish shlanglari
Tomizgichli lenta ko‘rinishidagi yupqa devorli sug‘orish
shlanglari asosan bir yillik ekinlarni tomchilatib sug‘orish uchun
qo‘llaniladi va odatda ulardan 1-3 yil davomida foydalaniladi.
Amaliyotda tomizgichli lentalarning labirint tomizgichli,
tirqish tomizgichli va yassi qattiq
tomizgichli turlari keng
qo‘llaniladi.
210
BOB. TOMCHILATIB SUG‘ORISH
TIZIMINING TARKIBIY QISMLARI
Tomchilatib sug‘orish tizimlari o‘z tarkibiga bir nechta
qismlarni,
xususan suvni saqlovchi, tozalovchi,
yetkazib
beruvchi, taqsimlovchi, tarqatuvchi va sug‘oruvchi
qismlarni
oladi.
Tizimning joylashgan o‘rni, ishlatadigan suvining sifatiga
ko‘ra tizim tarkibiga kiruvchi elementlar turlari va sonlari har xil
bo‘lishi mumkin.