• 6.1. Tomchilatib sug‘orish tizimining bosh (magistral) quvuri
  • -BOB. TOMCHILATIB SUG‘ORISH




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet103/197
    Sana21.05.2024
    Hajmi13,74 Mb.
    #247359
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   197
    Bog'liq
    2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

    6-BOB. TOMCHILATIB SUG‘ORISH 
    TIZIMINING QUVURLARI 
    Bosimli sug‘orish tizimlarida, xususan tomchilatib sug‘orish 
    tizimida ham tizimning eng asosiy elementi sifatida quvurlardan 
    foydalaniladi.
    Quvurlar sug‘orish tizimining yaxlitligini ta’minlash, suv 
    yetkazib berish, suvni taqsimlash va suvni sug‘orish shlanglari 
    o‘rtasida tarqatish uchun xizmat qiladilar.
    Tomchilatib sug‘orish tizimlari o‘z tarkibiga suv yetkazib 
    beruvchi, suv taqsimlovchi, suv tarqatuvchi va sug‘oruvchi 
    quvurlarni oladi.
    Tomchilatib sug‘orish tizimining suv yetkazib beruvchi 
    quvurini bosh yoki magistral quvur deb ataladi.
    Tizimning suvni sug‘orish sektorlari o‘rtasida taqsimlab 
    beruvchi qismi ham bosh quvurlar sirasiga kiradi.
    Tomchilatib sug‘orish tizimining suvni sug‘orish shlanglari 
    o‘rtasida tarqatib beruvchi qismiga tarqatuvchi quvurlar deyiladi.
    Tomchilatib sug‘orish tizimining sug‘orish shlanglari ham 
    ayrim hollarda o‘ziga xos kichik diametrli quvurlar shaklida 
    bo‘ladilar. Amaliyotda ularni tomizgichli quvurchalar deb atalishi 
    ham uchrab turadi.
    Tomchilatib sug‘orish tizimlari tarkibida ayrim holarda 
    metall va asosan plastik materialdan ishlab chiqariladigan 
    quvurlardan foydalaniladi.
    Tomchilatib sug‘orish tizimining quvurlari asosan bosh 
    (magistral) va tarqatuvchi quvurlarga bo‘linadilar. 


    232 
    6.1. Tomchilatib sug‘orish tizimining bosh 
    (magistral) quvuri 
    Tomchilatib sug‘orish tizimining bosh (magistral) quvuri 
    suvni 
    nasos 
    stansiyasidan 
    olib 
    (filtr 
    orqali) 
    tarqatish 
    quvurlarigacha yetkazib berish uchun xizmat qiladi.
    Tomchilatib sug‘orish tizimlarida magistral quvur sifatida 
    ishchi
    bosimi 6 atm. dan va devorining qalinligi t ³ 3,0 mm dan 
    yuqori bo‘lgan quvurlar ishlatiladi.
    Polietilen quvurlar diametrining kattaligiga ko‘ra uzun quvur 
    yoki o‘ram to‘plami (buxta) ko‘rinishida ishlab chiqariladi va 
    iste’molchiga yetkazib beriladi:

    agar quvurning diametri 110 mm dan katta (D³

    110 mm) 
    bo‘lsa, bunday quvur uzun quvur (uzunligi asosan L=3-12 
    m) ko‘rinishida;

    diametri kichik (D≤

    110 mm) bo‘lsa, o‘ram (uzunligi 
    L=100 m yoki L=200 m) ko‘rinishida (6.1-rasm).
    a) uzun quvur
    (D


    110 mm, L = 3-12 m)
    b) o‘ram quvur
    (D≤

    110 mm, L = 100 m) 
    6.1-rasm. Tomchilatib 
    sug‘orish tizimi uchun polietilen 
    quvurlar.


    233 
    Tomchilatib sug‘orish tizimlarida (xuddi shunday boshqa 
    sohlarda ham) ishlatiladigan quvurlarni tamg‘alash tizimi mavjud 
    bo‘lib, tamg‘aning tarkibida quyidagi ko‘rsatkichlarni aks 
    ettirilishi talab qilinadi:

    ishlab chiqaruvchi korxona to‘g‘risidagi ma’lumot (nomi 
    yoki savdo belgisi); 

    quvur materialining shartli belgisi – PE (polietilen); 

    quvur ishlab chiqarilgan xom ashyo – polietilen granulasi 
    turini ko‘rsatadigan raqamlar – 32, 63, 80, 100 (ko‘rsatkich 
    qanchalik baland bo‘lsa, quvur devori zichligi shuncha 
    katta bo‘ladi); 

    mahsulot ishlab chiqariladigan (mos keladigan) sifat 
    standarti – DSt yoki TSh (davlat standarti yoki texnik 
    shart);

    quvurning tashqi diametri (16 mm dan 1200 mm gacha) va 
    devorining qalinligi; 

    quvurga 
    ko‘rsatiladigan 
    bosim 
    (yuk) 
    chegarasini 
    ifodalovchi quvurning SDR koeffitsienti

    quvur ishlatiladigan soha (texnik yoki ichimlik).
    Ichimlik suv ta’minoti tizimlarida, shu jumladan tomchilatib 
    sug‘orish tizimlarida ishlatiladigan quvurlarni PE 80 yoki PE 100 
    markali polietilenlardan, o‘ziga xos SDR 26, SDR 21 va SDR 17 
    tamg‘alari bilan ishlab chiqariladi.
    Polietilen quvur ishlab chiqariladigan polietilen PE 80 yoki 
    PE 100 markalari polietilen granulasi turini, SDR 26, SDR 21 va 
    SDR 17 tamg‘alari esa quvurning chidamlilik darajasini 
    ifodalaydi. 


    234 


     
    6.2-rasm. Polietilen qattiq quvurlarning markalari.
    Quvur ishlab chiqariladigan polietilenning markasini 
    ko‘rsatuvchi PE 80 yoki PE 100 ko‘rsatkichlari quvurni ishlab 
    chiqarishda qo‘llangan polietilen zichligini ko‘rsatuvchi belgi 
    hisoblanadi.
    Zichlik ko‘rsatkichi qanchalik katta bo‘lsa quvur devorlari 
    shunchalik mustahkam bo‘ladi. Masalan, PE 100 markali 
    polietilen PE 80 markali polietilenga nisbatan zichroq bo‘ladi, 
    ya’ni mustahkamroq bo‘ladi.
    Quvurning SDR ko‘rsatkichi quvur diametrini quvur devori 
    qalinligiga nisbatini ko‘rsatuvchi koeffitsent hisoblanadi.
    SDR koeffitsient qancha katta bo‘lsa, quvurning devori 
    qalinligi shuncha kam kam bo‘ladi. Bunday quvur suvning 
    bosimiga shuncha chidamsiz bo‘ladi. Aksincha SDR koeffitsient 
    qancha kam bo‘lsa, quvur shunchalik mustahkam bo‘ladi.
    Sovuq suv ta’minotida, shu jumladan tomchilatib sug‘orish 
    tizimlarida asosan PE 100 markali polietilendan tayyorlangan 
    SDR 26, SDR 21 va SDR 17 tamg‘ali quvurlar ishlatiladi.
    Har bir polietilen quvur butun uzunligi bo‘ylab mahsulotning 
    nimaga mo‘ljallanganini aks ettiruvchi rangli chiziq bilan 
    belgilab qo‘yiladi (
    6.3-rasm)
    :


    235 
    6.3-rasm. Polietilen quvurning tamg‘alanishi.
    Quvurlarga qo‘yilgan tamg‘alardagi rang, harf va raqamlar 
    anglatadigan ko‘rsatkichlar tavsifi quyidagi bayon qilingan.
    Past bosimda ishlab chiqariladigan (HDPE PE) quvurlar turli 
    sohalarda, xususan sanoat, oziq-ovqat sanoati ehtiyojlari uchun 
    ham, ichimlik suv ta’minotida ham, qishloq xo‘jaligi sug‘orish 
    tizimlarida ham qo‘llaniladi.
     
    6.1-jadval.
     

    Download 13,74 Mb.
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   197




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish