Yassi qattiq tomizgichli lenta
Ochiq maydonda yetishtiriladigan bir yillik ekinlarni
parvarishlashda yassi qattiq tomizgichli sug‘orish lentalari keng
qo‘llaniladi.
Yassi qattiq tomizgichli sug‘orish lentalari lenta ichidan
ma’lum oraliqda yassi, qattiq, labirint yo‘lakli tomizgichlar
o‘rnatilgan tarzda ishlab chiqariladi (7.9-rasm).
Yassi tomizgichlar orasidagi masofalar 10-20 sm, 30 sm va
40-50 sm, suv sarfi esa soatiga 1 litrdan 3,8 litrgacha oraliqda
bo‘ladi.
Sug‘orish lentasining tomizgichidagi labirint yo‘lak suvning
oqimini bir tekis va suv sarfini bir xil bo‘lishini ta’minlaydi.
252
7.9-rasm. Yassi tomizgichli sug‘orish lentasi.
Yassi qattiq tomizgichli sug‘orish lentalari amaliyotda eng
ko‘p qo‘llaniladigan sug‘orish shlanglaridan biri bo‘lib, ular
diametri 16, 22 mm bo‘lgan kattalikda, devori 9-15 mil (225-375
mikron) qalinlikda ishlab chiqariladi.
Yassi qattiq tomizgichli sug‘orish lentalari issiqxonalarda –
pomidor, bodring, baqlajon va piyoz kabi ekinlarni, ochiq
maydondagi ekin dalalarida texnik va ozuqa ekinlarini,
sabzavotlar va rezavor ekinlarni tomchilatib sug‘orish uchun
keng qo‘llaniladi va ular odatda 3 yilgacha muddatda foydalanish
uchun mo‘ljallanadi.
253
Yassi
qattiq
tomizgichli
lentalar
odatda
quyidagi
xususiyatlarga ega:
•
tomizgich turi – tirqishli qattiq tomizgich;
•
ishchi bosimi – 0,3 bar;
•
tomizgichdan suv bilan o‘tishi mumkin bo‘lgan qattiq
zarrachalarning kattaligi 120 mikron;
•
sug‘orish shlangining diametri –
16 mm yoki 22 mm;
•
sug‘orish shlangi devorining qalinligi – 6-14 mil (0,15-0,35
mm);
•
tomizgichining suv sarfi – soatiga 0,8-2 l/soat;
•
tomizgichlari orasidagi masofa 10 -50 sm;
•
o‘ramdagi lentaning uzunligi 50-1000 metrni tashkil qiladi.
Yassi qattiq tomizgichli sug‘orish lentalari O‘zbekiston
sharoitida paxtachilikda eng ko‘p qo‘llanilayotgan sug‘orish
shlangi hisoblanadi va bugungi kunda uning turli ko‘rinishlari
qo‘llaniladi (7.10-rasm).
a) Sunstream tomizgichli
lentalari
b) tomizgichli lentalar
c) kompensatsilangan
tomizgich
d) ishchi ko‘rinishi
7.10-rasm. Yassi tomizgichli sug‘orish lentasi ko‘rinishlari.
|