• Tomizgichli sug‘orish lentalari
  • Shvetsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet119/197
    Sana21.05.2024
    Hajmi13,74 Mb.
    #247359
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   197
    Bog'liq
    2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

    Tomizgichi 
    ichkaridan 
    o‘rnatiladigan 
    sug‘orish 
    shlanglari 
    esa ko‘p yillik daraxtlarni sug‘orish uchun ham, bir 
    yillik ekinlarni sug‘orish uchun ham ishlatiladi. Ularning suv 
    sarfi asosan 1,0, 1,6, 2,0, 3,0, 4,0 litr/soat miqdorlarda bo‘ladi.
    Tomizgichli sug‘orish lentalari 
    asosan bir yillik ekinlarni 
    sug‘orish uchun ishlatiladi.
    Tomizgichli sug‘orish lentalaridan ayrim holatlarda, masalan, 


    270 
    chiziqli sug‘oriladigan intensiv bog‘larni parvarishlashda ham 
    foydalaniladi.
    Tomizgichli sug‘orish lentasining turi, unda qo‘llaniladigan 
    tomizgichning turi va tomizgichlar orasidagi masofa (yoki bir 
    metrdagi tomizgichlar soni) parvarishlanadigan ekinning turi va 
    sug‘oriladigan ekin maydonining tuprog‘iga qarab tanlanadi.
    Tomizgichli sug‘orish lentasini tanlashda birinchi navbatda 
    lenta tomizgichining suv sarfi aniqlab olinadi.
    Tomizgichning 
    suv 
    sarfi 
    odatda 
    parvarishlanayotgan 
    ekinning suvga bo‘lgan talabi va ekin maydoni tuprog‘ining 
    turiga (suv o‘tkazuvchanlik xususiyatiga) bog‘liq ravishda 
    tanlanadi.
    Xususan:
    1.
    Qumli va suv o‘tkazuvchanligi yaxshi bo‘lgan yengil 
    mexanik tarkibli tuproqlar sharoitlarida qo‘llash uchun suv sarfi 2 
    l/soatdan 4l/ soatgacha bo‘lgan tomizgichlar tanlanadi.
    2.
    Mexanik 
    tarkibi 
    o‘rtacha 
    og‘irlikda, 
    suv 
    o‘tkazuvchanligi ham o‘rtacha bo‘lgan tuproqlar sharoitlarida 
    asosan suv sarfi 1-1,5 l/soat bo‘lgan tomizgichlar qo‘llanadi.
    3.
    Mexanik tarkibi og‘ir, suv o‘tkazuvchanligi past 
    (qiyin) bo‘lgan tuproqlar (loy va unga yaqin tarkibli) sharoitlarida 
    suv sarfi 1 l/soatdan kam bo‘lgan tomizgichlarni qo‘llash tavsiya 
    qilinadi.
    Tomizgichli sug‘orish lentasini tanlashda uning tashqi 
    ko‘rinishi, ichki diametri, devorining qalinligi, tomizgichlari 
    orasidagi masofa va tomizgichni ishchi bosimiga alohida e’tibor 
    qaratiladi.

    Download 13,74 Mb.
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   197




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shvetsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi

    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish