Shvetsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/197
Sana21.05.2024
Hajmi13,74 Mb.
#247359
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   197
Bog'liq
2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

4)
 
tomizgichli sug‘orish lentasining ishchi bosimi
 
Tomizgichli 
sug‘orish 
lentalarining 
suv 
bosimiga 
chidamliligi sug‘orish lentasi devorining qalinligiga bog‘liq.
Devorining qalinligi yupqa bo‘lgan sug‘orish lentalari katta 
suv bosimiga chiday olmaydi, yorilib ketishi mumkin.
Labirint tomizgichli sug‘orish lentalarining tomizgichlari 
0,1-0,5 bar bosimda bemalol ishlasa, tirqish tomizgichli sug‘orish 
lentalarining ishchi bosimi 0,5-0,8 barni tashkil qiladi.
Yassi tomizgichli sug‘orish lentalari tomizgichlarining ishchi 
bosimi esa 0,8-2,0 bar, suv sarfi asosan 1,0-2,0 l/soatga teng 
bo‘ladi, ayrim hollarda 3,8 l/soatgacha yetishi mumkin.
5)
 
lenta tomizgichlari orasidagi oraliq masofa
 
Sug‘orish lentasining tomizgichlari orasidagi masofa 
yetishtiriladigan ekinning turi va uni ekish sxemasiga bog‘liq 
ravishda tanlanadi.
Ekin tuplari bir-biriga yaqin (zich) joylashadigan ekinlarni 
(masalan, ko‘katlar) sug‘orish uchun tomizgichlari bir-biridan 10-
15 sm masofada joylashadigan sug‘orish lentasi tanlanadi.
Ekin tuplari siyrakroq bo‘ladigan ekinlarni (masalan, 
pomidor, baqlajon kabi sabzavotlar) parvarishlashda tomizgich-
lari orasidagi masofa 20-30 sm bo‘lgan lenta tanlanadi.
Ekin tuplari biri-biridan uzoq masofada ekiladigan ekinlarni 
(masalan, poliz ekinlari) sug‘orish uchun tomizgichlari orasidagi 
masofa 40-50 sm bo‘lgan sug‘orish lentasi tanlanadi.
Amaliyotda ekin turiga ko‘ra tomizgichlar orasidagi quyidagi 
masofalar qo‘llanadi:


274 

10-20 sm – bir-biriga yaqin (zich) ekiladigan ekinlarni 
sug‘orishda qo‘llanadi va ushbu ekinlarni yengil mexanik 
tarkibli (qumli) tuproqlar sharoitida yetishtiriladigan 
holatlar uchun eng ma qul sanaladi. 

30 sm – o‘rta mexanik tarkibli tuproqlar sharoitida, 
ko‘chat oralig‘i 30 sm masofada ekiladigan ekinlarni 
sug‘orish uchun qo‘llaniladi. 

40-50 sm – ko‘chatlari bir-biridan uzoq masofada, siyrak 
ekiladigan ekinlarni sug‘orish uchun qo‘llanadi.
Tomizgichlari oralig‘idagi masofasi katta bo‘lgan qattiq yassi 
tomizgichli sug‘orish lentalaridan ko‘p yillik ekinlarni (intensiv 
bog‘larni) chiziqli ko‘rinishda sug‘orish uchun foydalanish 
mumkin. Ushbu ko‘p yillik mevali daraxtlarni tomchilatib 
sug‘orish uchun qalin devorli sug‘orish shlanglaridan foydalanish 
iqtisodiy jihatdan foydaliroq sanaladi. Buning asosiy sababi qalin 
devorli sug‘orish shlanglarining ishlash muddati uzoq ekanligi 
bilan izohlanadi.

Download 13,74 Mb.
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   197




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shvetsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi

Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish