Sug‘orish tizimi bosh inshootlari joyini




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/197
Sana21.05.2024
Hajmi13,74 Mb.
#247359
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   197
Bog'liq
2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

10.3. Sug‘orish tizimi bosh inshootlari joyini 
tayyorlash 
Bunda birinchi navbatda tizimning bosh inshootlari o‘rinlari 
(hovuz-tindirgich havzasi) hamda magistral va tarqatuvchi 
quvurlar yotadigan chiziqlar bo‘ylab zarur xandaqlar (hovuz va 
transheyalar) kavlab chiqiladi (10.3-rasm.). 
a) hovuz uchun xandaq
b) quvur uchun xandaq
10.3-rasm. Inshootlar joylashadigan xandaqlarni kavlash.


291 
a) qirg‘oqlari tekislangan hovuz
b) gemembrana qoplamali hovuz
10.4-rasm. Hovuz –tindirgichni tashkil qilish.
Hovuz-tindirgichning o‘rni ekskavator yordamida loyihada 
ko‘rsatilgan o‘lchamlarda (chuqurlik, kenglik va uzunlik) chuqur 
qilib kavlanadi.
Hovuz-tindirgichning tubi va qirg‘oqlari ekskavator va qo‘l 
asboblari yordamida yaxshilab tekislab, shibbalab chiqiladi.
Hovuzdan behuda suv shimilishini oldini olish uchun, uning 
tubi va qirg‘oqlariga qoplama to‘shab chiqiladi (10.4-rasm.).
Sug‘orish tizimining bosh inshootlari (nasos qurilmasi, 
filtrlari va o‘g‘itlovchi moslamasi maxsus tayyorlangan 
maydonchaga joylashtiriladi.
Inshootlarning joylashadigan o‘rni avval o‘t o‘lanlardan 
tozalanib, traktor va qo‘l asboblari yordamida yaxshilab tekislab 
chiqiladi.
Tekislab, tayyorlangan maydonchaga beton qorishmasi 
(kamida 15-20 sm qalinlikda) yotqizilib, mustahkamlanadi.
Odatda beton qorishmasi ichiga po‘lat simlar yotqiziladi. 
Bunda maydon mustahkam bo‘lib, unda joylashgan inshootlar 
ishonchliligi yanada ortadi.


292 
10.5-rasm. Bosh inshootlarning betonlangan maydonchada 
joylashuvi (nasos qurilmasi, filtrlar, o‘g‘itlash 
moslamasi, boshqaruv pulti).
Sug‘orish tizimining bosh inshootlari joylashadigan maydon- 
chaning tekisligi tekshirib boriladi.
Maydon tekisligini tortilgan ip yordamida yoki yotqizilgan 
beton quriganidan keyin uning ustiga suv quyib ko‘rib aniqlash 
mumkin. Aniqlangan notekisliklar esa darhol bartaraf qilinadi.

Download 13,74 Mb.
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   197




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Sug‘orish tizimi bosh inshootlari joyini

Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish