285
o‘tkazmasligi kerak.
Filtrdan yirik zarralar o‘tib ketadigan bo‘lsa, sug‘orish tizimi
tomizgichlari tiqilib qolib, tizim samarasiz ishlaydi.
Tomchilatib sug‘orish tizimi filtrlash qurilmasining suv sarfi
sug‘orish tizimining loyihaviy suv sarfi asosida aniqlanadi.
Filtrlovchi qurilmalarning suv sarfi (quvvati) tizimning
loyihaviy suv sarfi (Ql) dan 2,5 martagacha ortiq bo‘lishi shart.
9.11.Tomchilatib sug‘orish tizimi loyihasining ishchi
chizmasi
Tomchilatib sug‘orish tizimi loyihasining barcha elementlari
tanlangandan keyin, uning ishchi chizmasi tuzib chiqiladi va
yagona chizma ko‘rinishida aks ettiriladi.
Ishchi chizmada tomichilatib sug‘orish tizimining bosh
inshootlari joylashadigan joylar, sug‘orish sektorlari, magistral va
tarqatuvchi quvurlarning yotish chiziqlari, quvurlarni o‘zaro
ulanish joyidagi tugunlar, sug‘orish sektorlarida tomizgichli
sug‘orish shlanglarini yotish yo‘nalishlari aks ettiriladi.
Ishchi chizmada har bir sug‘orish sektorining tartib raqami
va umumiy maydoni, ekinlarning ekilish sxemasi, sug‘orish
vaqtida har bir sektorga beriladigan suvning sarfi, magistral va
tarqatuvchi quvurlarning diametrlari va uzunliklari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar keltiriladi (9.3-rasm).