• 11.1. Tomchilatib sug‘orish me’yorini hisoblash va sug‘orish tartibini belgilash
  •   11-BOB. TOMCHILATIB SUG‘ORISH




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet134/197
    Sana21.05.2024
    Hajmi13,74 Mb.
    #247359
    1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   197
    Bog'liq
    2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

     


    303 
    11-BOB. TOMCHILATIB SUG‘ORISH 
    TIZIMINI ISHLATISH 
    Tomchilatib 
    sug‘orish tizimi loyihasida ko‘rsatilgan 
    sug‘orish rejasi asosida ishlatiladi. Biroq amalda ushbu rejaga 
    mahalliy sharoitdan kelib chiqib ayrim tuzatish va o‘zgartirishlar 
    kiritiladi. Boshqacha aytiladigan bo‘lsa, loyihada ko‘rsatilgan 
    sug‘orish tartibi aniq joy sharoiti uchun moslashtiriladi.
    11.1. Tomchilatib sug‘orish me’yorini hisoblash va 
    sug‘orish tartibini belgilash 
    Qishloq xo‘jaligi ekinlarini tomchilatib sug‘orish tizimlarida 
    sug‘orish rejimini belgilash ekinlarning sug‘orish me’yorlarini 
    aniqlashdan boshlanadi.
    Tomchilatib sug‘orishda sug‘orish me’yorini dalaning faqat 
    ekinlar joylashgan qismini namlanishini hisobga olgan tarzda 
    ochiq suv yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanish yordamida aniqlanadi.
    𝑴 = (𝑬 – 𝟎)𝜶 
    𝑲
    𝒌
    (𝟐, 𝟎 – 𝟐, 𝟎𝑲
    𝒌
    + 𝑲
    𝒌
    𝟐
    )
    𝟎,𝟓
     
    bu yerda, M – sug‘orish me’yori netto, m
    3
    /ga yoki mm;
    E – ekinlarni o‘suv davrida ochiq suv yuzasidan bo‘ladigan 
    bug‘lanish, mm yoki m
    3
    /ga;
    O – ekinlarni o‘suv davridagi yog‘inlar miqdori, mm yoki 
    m
    3
    /ga; a – ochiq suv yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanish va ekinni 
    namlanish konturi oqali iste’mol qiladigan suvlar o‘rtasidagi 
    proporsionallik koeffitsienti;
    K
    k
    – namlanadigan maydon, o‘simlik ozuqalanadigan 
    maydonning qismi sifatida ifodalanadi.


    304 
    Ekinlarni tomchilatib sug‘orishda mavsumiy sug‘orish 
    me’yorini ekinlarning bioiqlim koeffitsientlari asosida aniqlash 
    (Alpatev taklifi) mumkin: 
    𝑴 = (𝑲𝚺𝒅 – 𝟎)𝜶 
    𝑲
    𝒌
    (𝟐, 𝟎 – 𝟐, 𝟎𝑲
    𝒌
    + 𝑲
    𝒌
    𝟐
    )
    𝟎,𝟓
     
    bu yerda, O – ekinlarni o‘suv davridagi yog‘inlar miqdori, 
    mm yoki m
    3
    /ga;
    K
    k
    – o‘simlik oziqlanadigan maydoning namlanadigan 
    qismini ifodalovchi namlanish konturi koeffitsienti;
    K – iqlim zonalari va ekinlar uchun bioqlim koeffitsienti;
    Σd – ekinlarning o‘suv davrida havo namligining sutkalik 
    o‘rtacha taqchilligi, mm.
    Ekinlarni tomchilatib sug‘orishda bir martalik sug‘orish 
    me’yori (mm, m
    3
    /ga) quyidagi bog‘liqlik yordamida aniqlanadi:
    𝑴 = 𝟏𝟎𝒉𝜸 
    𝑲
    𝒌
    (𝟐, 𝟎 – 𝟐, 𝟎𝑲
    𝒌
    + 𝑲
    𝒌
    𝟐
    )
    𝟎,𝟓
    (𝜷
    𝒚𝒖
    – 𝜷
    𝒒
    )
     
    bu yerda, h –tuproq namlanadigan qatlami chuqurligi, m;
    γ – tuproq hisobiy qatlami hajmiy og‘irligi, t/m
    3
    ;
    K
    k
    –o‘simlik ozuqalanadigan maydoning namlanadigan 
    qismini ifodalovchi namlanish konturi koeffitsienti;
    β
    yu
    – tuproqning namlanadigan maydoni qatlamlari o‘rtacha 
    namligining yuqori chegarasi, tuproq massasining % i;
    β
    q
    – tuproqning namlanadigan maydoni qatlamlari o‘rtacha 
    namligining quyi chegarasi, tuproq massasining % i.
    Bir martalik va mavsumiy sug‘orish me’yorlarini hisoblashda 
    E, O ko‘rsatkichlari ekin maydoni joylashgan hududning 
    gidrometeorologik ma’lumotlari to‘plamlaridan olinadi.


    305 
    11.1-jadval
     

    Download 13,74 Mb.
    1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   197




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish