312
Shunday qilib, ekin rivoji uchun zarur bo‘lgan suvning
miqdori o‘simlikning rivojlanish fazasi va mahalliy meteorologik
sharoitlarga (havo harorati, shamol, quyosh nurining tushishi va
havoning nisbiy namligi) to‘liq bog‘liq bo‘ladi va aniq dala
sharoiti uchun alohida hisoblanadi.
Mamlakat
viloyatlarida
joylashgan
meteostansiyalar
ma’lumotlari va olma daraxtining ekin koeffitsientlari (FAO
ma’lumotlari bo‘yicha) asosida 4x4 sxemada ekilgan va nuqtaviy
tomchilatib sug‘oriladigan olma daraxti uchun mavsumiy
sug‘orish me’yorlarini hisoblash natijalari O‘zbekiston sharoitida
(4x4 metr sxemada ekilgan) olma daraxtini nuqtaviy sug‘orish
uchun mavsum davomida 2600-3000 m
3
miqdorida (netto) suv
yetkazib berish lozimligini ko‘rsatmoqda (11.4-jadval).