302
Yuvish ishlari tugagandan keyin tarqatuvchi quvur va
shlanglarning oxirlari yopilib, suv tomchilatib sug‘orish
tizimining bitta sektoriga yuboriladi.
Natijada tizimga berilayotgan suv sug‘orish shlanglaridagi
tomizgichlardan oqib chiqa boshlaydi.
Bunda har bir tomizgichdan suv tomishini kuzatish orqali
sug‘orish tizimini to‘g‘ri ishlayotganligi tekshirib chiqiladi.
Tomizgichlar to‘g‘ri ishlayotganligi va kerakli suv yetkazib
berilayotganini aniqlash uchun har bir tomizgichdan tomayotgan
suvning miqdorini hajmiy usul bilan o‘lchab ko‘riladi.
10.8.2. Sug‘orish tizimini foydalanishga topshirish –
qabul qilish
Tekshirish-sinash natijalari asosida tomchilatib sug‘orish
tizimini ishga tushirilganligi to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi
(10.17-rasm).
Dalolatnoma quruvchi (bajaruvchi) va foydalanuvchi
tashkilotlar (buyurtmachi) vakillari tomonidan imzolanadi.
Dalolatnoma asosida yangidan qurilgan tomchilatib sug‘orish
tizimi foydalanish uchun buyurtmachiga topshiriladi.