Sug‘orish tizimi shlanglarini tarqatuvchi quvurga




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/197
Sana21.05.2024
Hajmi13,74 Mb.
#247359
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   197
Bog'liq
2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

10.6. Sug‘orish tizimi shlanglarini tarqatuvchi quvurga 
ulash 
Tomchilatib sug‘orish tizimi tarqatuvchi quvurlariga 
sug‘orish shlanglarini ulash uchun tarqatuvchi quvurda ekin 
qatorlari qarshisida parma yordamida maxsus teshiklar ochiladi.
Teshiklarga maxsus boshlovchi shtuserlar o‘rnatib chiqiladi. 
Bunda shtuserlarga mahkamlovchi rezina nippel kiydiriladi. 
Shtuserlarga tomizgichli sug‘orish shlanglari ulab chiqiladi 
(10.10-rasm).
Tomchilatib sug‘orish tizimining sug‘orish (tomizgichli) 
shlanglari tarqatuvchi quvurga perpendikulyar ravishda egatlar 
yoki daraxt qatorlari bo‘ylab yotqiziladi.
Sug‘orish shlanglarining nishabligi 3 metr va uzunligi 100-
150 m dan oshmasligi lozim. Sug‘orish shlanglarining nishabligi 
3 metrdan ortib ketadigan bo‘lsa, ularga maxsus drosellar o‘rna-
tiladi. Drosellar suv bosimini sug‘orish shlangi uzunligi bo‘yicha 
bir xilda taqsimlanishini ta’minlaydi.
Tomchilatib sug‘orish tizimining tarqatuvchi quvuri sifatida 
yer ustiga yotqizilgan qattiq quvurlardan foydalanilganda 
quvurda maxsus teshiklar ochiladi va teshiklarga shtuser yoki 
kran-shtuser ko‘rinishidagi boshlovchi ulovchilar o‘rnatiladi. 
Ulovchilarga tomizgichli sug‘orish shlanglari ulab chiqiladi 
(10.11-rasm).
Tomchilatib sug‘orish tizimida tarqatuvchi quvur sifatida yer 
ustiga yotqiziladigan yumshoq quvurlardan foydalanilgan holatda 
sug‘orish shlangi sifatida asosan tomizgichli sug‘orish lentalari 
qo‘llaniladi.
Bunda tomizgichli sug‘orish lentalarini tarqatuvchi quvurga 
ulash uchun yumshoq tarqatuvchi quvurda teshiklar ochiladi.


297 
a) quvur va shlang ulangan joyi
b) ulovchi kran
10.11-rasm. Tarqatuvchi qattiq quvurga sug‘orish shlangini 
ulash.
Teshiklarga maxsus boshlovchi ulovchilar – shtuserlar yoki 
kran- shtuserlar o‘rnatiladi. Yakunda boshlovchi-ulovchilarga 
tomizgichli sug‘orish lentalari ulab chiqiladi.
Yumshoq quvurlar va tomizgichli sug‘orish lentalarini o‘zaro 
ulash uchun maxsus ulovchilardan foydalaniladi (10.12-rasm).
a) quvurning yon tomoniga 
ulash
b) quvurning tepa tomoniga 
ulash
10.12-rasm. Yumshoq quvurga tomizgichli lentalarni ulash.


298 
a) tashqi tomizgichli sug‘orish shlangi va uni dalada yoyish
b) tomizgichli sug‘orish lentasi o‘rami va uni dalada yoyish
10.13-rasm. Tomchilatib sug‘orish shlanglarini ekin dalasida 
yoyish.

Download 13,74 Mb.
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   197




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sug‘orish tizimi shlanglarini tarqatuvchi quvurga

Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish