• 10-BOB. TOMCHILATIB SUG‘ORISH TIZIMINI QURISH VA ISHGA TUSHIRISH
  • 10.2. Tomchilatib sug‘orish tizimi inshootlari o‘rnini joyida belgilash
  • Jami material va uskunalar




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet128/197
    Sana21.05.2024
    Hajmi13,74 Mb.
    #247359
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   197
    Bog'liq
    2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

    Jami material va uskunalar
    1 Transport xarajatlari (
    materiallarni olib 
    kelish)
    2 Grunt ishlari 
    (transheya kavlash va ko‘mish)
    3 Tizimni montaj qilish ishlari 
    Jami (ishlar bilan)
    Quruvchi tashkilotning xarajatlari 
    JAMI (umumiy bahosi)
    Izoh: 
    Tomchilatib sug‘orish tizimining qurilish narxlari uchastkaning 
    joylashuv o‘rniga qarab aniqlashtiriladi.
     


    288 
    10-BOB. TOMCHILATIB SUG‘ORISH 
    TIZIMINI QURISH VA ISHGA TUSHIRISH 
    Tomchilatib sug‘orish sug‘orish tizimini qurish tizim loyihasi 
    va ishchi chizmalari asosida amalga oshiriladi.
    10.1. Tomchilatib sug‘orish tizimi sxemasini xaritada 
    aks ettirish 
    Buning uchun avvalo sug‘orish tizimining sxemasi ekin 
    dalasi xaritasida belgilab chiqiladi (10.1-rasm).
    10.1-rasm. 
    Tomchilatib sug‘orish tizimining sxemasini ekin dala-
    si xaritasida aks ettirilish (Mamatov S., Namangan 
    viloyati 
    Yangiqo‘rg‘on 
    tumanidagi 
    “Sohibkor 
    suvchilar” fermer xo‘jaligi bog‘i, 2015 yil).


    289 
    10.2. Tomchilatib sug‘orish tizimi inshootlari o‘rnini 
    joyida belgilash 
    Xaritada aks ettirilgan tomchilatib sug‘orish tizimi sxemasi 
    asosida sug‘orish tizimining bosh inshootlari: hovuz-tindirgich, 
    nasos qurilmasi, filtrlar o‘g‘itlovchi moslama va boshqaruv 
    pultining joylashadigan o‘rinlari uchastka maydonida qoziqlar 
    qoqish yordamida belgilab chiqiladi.
    Sug‘orish tizimining bosh inshootlari tizim loyihasiga asosan 
    uchastkaning baland qismi yoki o‘rtasida joylashtiriladi.
    Keyingi qadamda tomchilatib sug‘orish tizimining andozasi 
    ekin dalasiga tushiriladi.
    Buning uchun sug‘orish tizimining suv yetkazib beruvchi 
    (magistral) va tarqatuvchi quvurlarni joylashtirish chiziqlari, 
    quvurlarni o‘zaro ulanish nuqtalari dalaga rang beruvchi kukunni 
    (masalan, ohak) sepish yordamida belgilab chiqiladi (10.2-rasm.). 
    a) hovuz chegarasi
    b) quvur yotqiziladigan chiziq
    10.2-rasm. Inshootlar joylarini ekin dalasida belgilash.


    290 
    Tomchilatib sug‘orish tizimini qurishni boshlashdan avval 
    sug‘orish tizimining qurilishida ishlatish mo‘ljallangan quvurlari 
    quyosh tushadigan ochiq maydonga yoyib qo‘yiladi. Ayniqsa, 
    rulon sifatida keltirilgan quvurlar ehtiyotkorlik bilan ochiq 
    maydonga uzun holatda yoyib chiqiladi.
    Quvurlar bir kun ochiq quyosh nurida yotgandan keyin ularni 
    ishlatish, ya’ni kerakli uzunliklarda qiriqib olish osonlashadi.
    Barcha tarkibiy qismlar taxminiy joylashtirilgandan keyin 
    ularni montaj qilishda ishatiladigan butlovchi qismlarning to‘liq 
    mavjudligi tekshirib chiqiladi.
    Tomchilatib sug‘orish tizimining andozasi ekin dalasida aniq 
    belgilanib olingandan keyin tizimni qurish ishlari boshlanadi.

    Download 13,74 Mb.
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   197




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish