9.9. Tomchilatib sug‘orish tizimi quvurlarining
diametrlarini tanlash
Tomchilatib sug‘orish tizimining tarqatuvchi quvurlari zarur
hajmdagi suvni o‘tkazish va tekis taqsimlash uchun yetarli
diametrga ega bo‘lishlari kerak.
Tarqatuvchi quvurlarning diametrlari eng katta sug‘orish
sektorining hisobiy suv sarfi (Q) va hisobiy bosimi (h
ishchi
+h
tkx
)
asosida tanlanadi.
Magistral quvurning diametri tomchilatib sug‘orish tizimi-
ning loyihaviy suv sarfi (Q
tstl
) va loyihaviy bosimi (N
tstl
) asosida
asosida tanlanadi.
9.10. Tomchilatib sug‘orish tizimi bosh inshootlari
va uskunalarini tanlash
Tomchilatib sug‘orish tizimining bosh inshootlari – hovuz-
tindirgich, nasos stansiyasi, suvni tozalovchi filtrlash qurilmasi-
ning ko‘rsatkichlari sug‘orish tizimi ko‘rsatkichlari (suv sarfi, suv
bosimi) va ishlatiladigan suvni tozalash darajasi asosida
tanlanadi.
280
9.10.1. Hovuz-tindirgichini loyihalash
Hovuz – tindirgichning o‘lchamlari tizimning loyihaviy suv
sarfi, ishlatiladigan suvning loyqaligi (uni tozalash darajasi),
dalada hovuzni qurish uchun bo‘sh joyning mavjudligi va
foydalanuvchining iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqib
tayinlanadi.
Odatda, hovuz-tindirgichning o‘lchamlarini suvni loyqadan
tozalash va ekin maydonini bir marta sug‘orishga ketadigan suv
miqdorini saqlash imkoniyatlari asosida belgilash tavsiya
qilinadi.
Sug‘orishga ishlatiladigan suv loyqa bo‘lgan holatda suvni
loyqadan yaxshiroq tozalash uchun hovuz-tindirgichni uzunroq
ko‘rinishda tashkil qilish tavsiya qilinadi.
Sug‘orishga ishlatish uchun mo‘ljallangan manbadagi
suvning loyqaligi kam darajada, ya’ni suv tiniq bo‘lganda esa
hovuz-tindirgichni uzunligini qisqaroq tanlash ham mumkin.
Hovuz tindirgichni yarim chuqur yarim ko‘tarma ko‘rinishda
tashkil qilish eng ma qul sanaladi. Bunda hovuz o‘rnidan kavlab
olinayotgan tuproqni tashib ketilmaydi, qazib olinayotgan tuproq
shu yerning o‘ziga yotqizilib, hovuz devori yuqoriga o‘stiriladi.
Natijada ham tashish xarajatlari kamaytiriladi, ham yerdan
samarali foydalanish imkoniyatlarini yaratiladi.
Tomchilatib
sug‘orish
tizimining
hovuz-tindirgichi
quriladigan joy uchastkaning holatini (relefi, suv keladigan, elektr
tarmog‘i o‘tgan joylarni) vizual baholash asosida tanlanadi.
Tomchilatib
sug‘orish
tizimining
hovuz-tindirgichi
quriladigan joyning grunti mustahkam, yuvilish, cho‘kish va
o‘pirilishga moyil bo‘lmasligi lozim.
Hovuz-tindirgich quriladigan joyni ekin dalasining o‘zida
yoki uning yonida tanlanadi. Hovuz-tindirgichni sug‘oriladigan
maydonga yaqin bo‘lishi tizimning xarajatlarini kamaytirish,
281
masalan, suv yetkazib beruvchi quvur diametrini kichikrog‘ini
tanlash uchun imkoniyat yaratadi.
Hovuz-tindirgichni
odatda elektr tarmog‘i yaqiniga
joylashtiriladi. Bu jihat tomchilatib sug‘orish tizimi nasos
qurilmasini ishlashi uchun tortiladigan elektr tarmog‘i uzunligini
qisqa bo‘lishini ta’minlaydi.
Hovuz-tindirgichni
dalaning
kam
hosil
beradigan
unumdorligi past qismiga qurish tavsiya qilinadi.
Hovuz-tindirgich quriladigan joy ekin maydonining baland
nuqtasida, elektr tarmog‘iga yaqinroq masofada, ekin maydoniga
suv yetkazib beruvchi quvurlar eng kam sarflanadigan hamda suv
manbaidan suv o‘zi oqib keladigan joyda bo‘lishi eng maqbul
sanaladi (9.1-rasm).
9.1-rasm. Hovuz –tindirgichni joylashishi (maydoni 5 gektar
bo‘lgan tomchilatib sug‘orish tizimi misoli).
282
Odatda hovuz tindirgichlar ag‘darilgan kesik piramida
ko‘rinishida bo‘ladi va ularning hajmi kesik piramidaning
hajmini aniqlovchi tenglama yordamida aniqlanadi.
Misol: asosi to‘g‘ri to‘rtburchak bo‘lgan hovuzning hajmi
Hovuz
asosining
grunti turi
Uzunligi,
metr
Kengligi,
metr
Chuqurligi,
metr
Qirg‘og‘i
qiyaligi
Hajmi (suv
sig‘imi), m
3
Hovuz-tindirgichning o‘lchamlari aniqlab olingandan keyin,
uni qurishda bajariladigan ishlarning hajmlari, xususan tuproq va
qoplamalash
ishlari
hajmlari,
sarflanadigan
qurilish
materiallarining miqdorlari aniqlanadi.
Aniqlangan miqdorlar hovuz-tindirgichni tashkil qilish uchun
sarflanadigan materiallarni sotib olish va qurilish ishlarini olib
borish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Tomchilatib sug‘orish tizimi hovuz-tindirgichlari beton,
temir- beton yoki geomembrana qoplamalar vositasida suv
sizilishiga qarshi gidroizolyatsiya qilinishi mumkin (9.2-rasm).
a) beton qoplamali hovuz
b) geomembrana qoplamali uzun
hovuz
9.2-rasm. Hovuz-tindirgichlarning ko‘rinishlari
.
|