275
suv o‘tishi mumkinligini hisobga olinishi kerak;
Tomizgichli sug‘orish shlangi qancha uzun bo‘lsa,
tomizgichlarini ishlashi uchun shuncha katta bosim kerak bo‘ladi.
Uzun shlangda suvning taqsimlanishi bir tekis bo‘lmaydi,
ya’ni shlang oxiridagi tomizgichlarning suv sarfi me’yordagidan
kam bo‘ladi.
Shuning uchun, tomizgichli sug‘orish shlangining uzunligini
iloji boricha qisqa bo‘lgani maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Sug‘orish shlanglarini ekin qatorlariga joylashtirilgandan
keyin ularning sug‘orish sektoridagi umumiy uzunligi,
hamda
ulardagi tomizgichlarning umumiy soni aniqlanadi.
Tomchilatib sug‘orish shlangining turi, tavsifi (materiali,
devorining qalinligi, shlanglarning uzunliklari,
tomizgichi turi,
tomizgichning suv sarfi, tomizgichning ishchi bosimi), sug‘orish
shlanglarini ishlatish, joriy qarovlarini o‘tkazish va yuvish
tartiblari tomchilatib sug‘orish tizimining ishchi loyihasi tarkibida
loyihalovchi tomonidan bayon qilinadi.
9.7. Tomchilatib sug‘orish tizimining hisobiy
suv sarfini aniqlash
Tomchilatib sug‘orish tizimining hisobiy suv sarfini eng
katta sug‘orish sektordagi tomizgichlarning umumiy soni va bir
tomizgichning suv sarfi asosida aniqlanadi.
𝑄
𝑐
=
𝑁
𝑡
∙ 𝑞
𝑡
3600
bu yerda, Q
c
– bir vaqtda sug‘oriladigan
sektorning suv
ist’emoli, l/s;
N
t
– sektordagi tomizgichlarning umumiy soni, dona;
q
t
– bitta tomizgichning suv sarfi, l/soat,
276
3600 – o‘tish koeffitsienti.
Misol: ekin maydoni bir sug‘orish sektorining kattaligi 1 ga
bo‘lsa, ushbu maydonda g‘o‘za qatorlari oralig‘i 0,6 m (60 sm)
masofada ekilgan bo‘lsa, ekin maydoni tuprog‘i yengil mexanik
tarkibli qumoq bo‘lsa, tomizgichning suv sarfini 1,0-2,0 l/soat
oraliqda tanlanadi.
Bu holatda tomizgichning suv sarfini 1,6 l/soat, tomizgichlar
orasidagi masofani 0,3 metr tanlaymiz. Bunday dalada sug‘orish
shlanglari har ikki qator oralig‘iga
yotqiziladi, ya’ni 1 ga
maydondagi shlanglarning umumiy uzunligi 8333 metr,
tomizgichlarning soni esa 27777 ta bo‘ladi. Demak, yuqoridagi
tenglamaga ko‘ra ushbu sektorni sug‘orish uchun yetkazib
beriladigan suvning sarfi 44443 l/soat yoki 12,3 l/s ga teng
bo‘ladi.
Eng katta sektorning suv sarfi (Q) tomchilatib sug‘orish
tizimining hisobiy suv sarfi (Qh) sifatida qabul qilinadi.
Qabul qilingan hisobiy suv sarfi va quvurdagi suv oqimining
ruxsat etiladigan tezligi (V=1,2-1,8 m/s)
asosida tarqatuvchi
quvurning diametri tanlanadi.
Hisobiy suv sarfini 30% gacha oshirish asosida tomchilatib
sug‘orish tizimining loyihaviy suv sarfi qabul qilinadi.
Loyihaviy suv sarfi asosida magistral quvurning diametri,
filtrlash qurilmasi va nasoslarning markalari tanlanadi.