269
Sug‘orish sektorlarining chegaralari va quvurlarning
yotqizilish chiziqlari aniqlangandan so‘ng, ular sug‘orish
tizimining umumiy sxemasiga tushirib chiqiladi.
Aniqlashtirilgan sxema asosida bir sektorga beriladigan
suvning sarfi (Q) va quvurlardagi bosim isroflari aniqlanadi.
Bir sektorga beriladigan suvning sarfini aniqlash uchun
tomchilatib sug‘orish tizimining tarkibida qanday sug‘orish
shlanglari va qanday tomizgichlar (suv sarfiga ko‘ra)
qo‘llanilganligini bilish talab qilinadi.
9.5. Tomchilatib sug‘orish shlanglari va
tomizgichlarni tanlash
Tomchilatib sug‘orish tizimlari tarkibida sug‘orish
shlanglarining tomizgichi tashqaridan va tomizgichi ichkaridan
qo‘yiladigan qalin devorli sug‘orish shlanglari hamda devorining
qalinligi yupqa bo‘lgan labirint, tirqishli va yassi qattiq
tomizgichli sug‘orish lentalari kabi turlari qo‘llaniladi.
Tomizgichi
tashqaridan
o‘rnatiladigan
sug‘orish
shlanglar
i asosan ko‘p yillik daraxtlarni (bog‘ va uzumzorlar)
parvarishlashda (sug‘orish uchun) ishlatiladi. Bu sug‘orish
shlanglari tomizgichlarining suv sarfi asosan 2-4 litr/soat oraliqda
bo‘ladi. Ayrim hollarda tomizgichlarning suv sarfi 8, 12, 24
litr/soat bo‘lishi ham mumkin.