• 9.3. Tomchilatib sug‘orish tizimi sxemasini tanlash
  •  Tomchilatib sug‘orish tizimni loyihalash uchun




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet117/197
    Sana21.05.2024
    Hajmi13,74 Mb.
    #247359
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   197
    Bog'liq
    2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

    9.2. Tomchilatib sug‘orish tizimni loyihalash uchun 
    zarur bo‘ladigan ma’lumotlar 
    Tomchilatib sug‘orish tizimi loyihasini tuzish uchun 
    yetishtiriladigan ekin va ekin dalasiga oid birlamchi ma’lumotlar 
    to‘plamini bo‘lishi talab qilinadi.
    Bu ma’lumotlar to‘plami tarkibiga quyidagi ma’lumotlar 
    kiradi:
    1.
     
    Yer maydoni xaritasi va unga oid ma’lumotlar:
    a)
    joylashgan o‘rni;


    266 
    b)
    suv manbasining joylashgan o‘rni (masofasi bilan);
    c)
    elektr ta’minoti tizimi;
    d)
    ekin maydonining o‘lchamlari;
    e)
    ekin qatorlarining joylashuvi (yo‘nalishi).
    2.
     
    Suv manbasi bo‘yicha ma’lumotlar:
    a)
    ochiq suv havzasi;
    b)
    kanal;
    1)
    suv ombori;
    2)
    buloq;
    3)
    suv sarfi ma’lumotlari;
    c)
    burg‘u qudug‘i:
    1)
    debeti; 
    2)
    ishlash rejimi;
    d)
    nasos tizimining bosimli magistral quvuri:
    1)
    suv sarfi; 
    2)
    ishlash grafigi (rejimi).
    3.
     
    Tuproq ma’lumotlari:
    a)
    tuproq turi;
    b)
    tuproqning mexanik tarkibi;
    c)
    tuproqning suv-fizik xossalari;
    d)
    tuproq tarkibining kimyoviy tahlili (unumdorligi);
    4.
     
    Yetishtiriladigan ekin bo‘yicha ma’lumotlar:
    a)
    ekin turi;
    b)
    ekin ekish sxemasi:


    267 
    c)
    qatorlar orasidagi masofa;
    d)
    ekin tuplari orasidagi masofa;
    e)
    bog‘ bo‘lsa;
    1)
    daraxtlarning yoshi;
    2)
    joylashuv sxemasi.
    9.3. Tomchilatib sug‘orish tizimi sxemasini tanlash 
    Tomchilatib sug‘orish tizimining eng sodda va arzon hamda 
    magistral quvurlarining uzunligi eng kam bo‘ladigan sxemasi 
    tanlanadi.
    Bunda:

    sug‘orish tizimining sxemasini ekin maydonining 
    xaritasiga chizilib aniqlashtiriladi va eng maqbul varianti 
    tanlanadi.

    xaritaga tushirilgan sxemaga tomchilatib sug‘orish 
    tizimining suv yetkazib berish inshootlari (hovuz, nasos, 
    filtr va o‘g‘itlovchilar) joylashtirib chiqiladi.
    Odatda bu inshootlar uchastkaning chetida, suv manbasining 
    yaqinida, yoki uchastkaning eng baland nuqtasida yoki 
    uchastkaning o‘rtasida joylashtiriladi.
    Tomchilatib sug‘orish tizimining magistral (suv yetkazib 
    beruvchi) quvuri ekin dalasining chetlari bo‘ylab yoki dalaning 
    o‘rtasida joylashtiriladi.
    Tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilinayotgan ekin maydoni 
    sug‘orish sektorlariga bo‘lib chiqiladi.
    Tomchilatib sug‘orish sektorining maydoni qancha kichik 
    bo‘lsa, tizimni qurish xarajatlari ham shuncha kam bo‘ladi.
    Sug‘orish vaqtida shu sektorlarning faqat bittasiga suv 


    268 
    beriladi, ya’ni sektorlar navbatma-navbat sug‘oriladi.
    Sug‘orish sektorlarining chegaralari va quvurlarning 
    yotqizilish chiziqlari tomchilatib sug‘orish tizimining umumiy 
    sxemasida aniq ko‘rsatiladi.
    Tomchilatib sug‘orish tizimining tarqatuvchi quvurlari 
    magistral quvurga nisbatan perpendikulyar yoki parallel 
    yo‘nalishda, yetishtiriladigan ekin qatorlariga nisbatan esa 
    perpendikulyar yo‘nalishda joylashtiriladi.
    Tarqatuvchi quvurlar sug‘orish sektorining tashqi chegarasi 
    (cheti) bo‘ylab yotqiziladi.
    Tomchilatib sug‘orish sug‘orish shlanglari tarqatuvchi 
    quvurga perpendikulyar ravishda ekin (daraxt) qatorlari bo‘ylab 
    joylashtiriladi. Bunda ekin maydonining tomizgichli sug‘orish 
    shlangi yotqizilgan yo‘nalishi bo‘yicha nishabligi 3 metrdan, 
    tomizgichli sug‘orish shlanglarining uzunliklari esa 150 metrdan 
    oshmasligi maqsadga muvofiq sanaladi.

    Download 13,74 Mb.
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   197




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Tomchilatib sug‘orish tizimni loyihalash uchun

    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish