Shvetsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/197
Sana21.05.2024
Hajmi13,74 Mb.
#247359
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   197
Bog'liq
2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

1)
 
sug‘orish lentasining turi va tashqi ko‘rinishi
 
Tomizgichli 
sug‘orish 
lentalarining 
ko‘p 
ekinlarni 
sug‘orishda qo‘llash mumkin bo‘lgan tirqishli yoki yassi 


271 
tomizgichli turlarini tanlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Issiq haroratli O‘zbekiston sharoitida sug‘orish shlangi ichida 
turli mikroorganizmlarni rivojlanishini oldin olish uchun, 
tomizgichli lentalarning qora rangli ultrabinafsha nurlarga 
chidamli materiallardan tayyorlanadigan turlarini tanlangani ma 
qul sanaladi.
2)
 
tomizgichli sug‘orish lentasining ichki diametri
 
Tomizgichli sug‘orish lentasining ichki diametri sug‘orish 
lentasining uzunligi va tomizgichlarning suv sarfiga bevosita 
ta’sir qiladi.
Tomizgichli sug‘orish lentalari asosan ikki xil: 16 va 22 mm 
diametrli variantlarda ishlab chiqariladi.
Agar sug‘orish shlangi 300 metrgacha uzunlikda bo‘ladigan 
bo‘lsa, ichki diametri 16 mm bo‘lgan lentani, agar sug‘orish 
shlangining uzunligi 300 m dan ortadigan bo‘lsa ichki diametri 
22 mmbo‘lgan lentani tanlangani ma qul.
Shuni yodda tutish kerakki, sug‘orish lentasi qanchalik uzun 
bo‘lsa, uning oxiridagi tomizgichlarining suv sarfi shunchalik 
kamayib ketadi.
Shuning uchun, sug‘orish shlangining uzunligini iloji boricha 
qisqa (100-150 m) tanlangani ma qul. Chunki qisqa lentani 
yoyish ham, keyin yig‘ish ham oson, uning tomizgichlarini suv 
sarfi ham bir xil bo‘ladi.
3)
 
tomizgichli sug‘orish lentasi devorining qalinligi
 
Tomizgichli sug‘orish lentasi devorining qalinligi lentaning 
mustahkamligi va narxiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Tomizgichli sug‘orish lentalari devorlarining qalinliklari 
odatda 5, 6, 8, 10, 12 va 15 mil, ya’ni 0,125 mm dan 0,375 mm 
gacha oraliqda o‘zgaradi.
Tomchilatib sug‘orish uchun albatta devori qalin bo‘lgan 


272 
sug‘orish lentasini tanlangani ma qul, biroq bu holat tizim narxini 
qimmatlab ketishiga olib kelishi mumkin.
Devorining qalinligi yupqa bo‘lgan sug‘orish lentalari narxi, 
albatta, arzon, lekin u tashqi ta’sirlarga chidamsiz bo‘ladi.
Yupqa devorli sug‘orish lentalarini o‘suv davri qisqa bo‘lgan 
ekinlarni parvarishlashda, shunda ham yumshoq tuproqli 
sharoitlarda ishlatish tavsiya qilinadi.
Devori qalin bo‘lgan tomizgichli sug‘orish lentalari tashqi 
ta’sirlarga chidamli, ular kam shikastlanadilar.
Devori qalin bo‘lgan sug‘orish lentalarini o‘suv davri 
nisbatan uzoq bo‘lgan ekinlarni sug‘orish uchun, tuproqlari 
dag‘al, ya’ni toshli sharoitlarda ham ishlatsa bo‘ladi.
Shuning uchun lenta devorining qalinligini ekin maydoni 
tuproqlari holatidan kelib chiqib sug‘oriladigan ekin uchun mos 
keladiganini tanlangani maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Amaliyotda devorining qalinligiga ko‘ra tomizgichli 
sug‘orish lentalarini quyidagi turlari ishlatiladi:

5 mil (0,125 mm) – devorining qalinligi eng yupqa. O‘suv 
davri qisqa va hosili tez pishib yetiladigan ekinlarni 
sug‘orish uchun ishlatiladi. Toshi kam bo‘lgan yumshoq 
tuproqlar sharoitida bir mavsum davomida ishlatishga 
mo‘ljallangan.

6 va 8 mil (0,15 va 0,2 mm) – umumiy maqsadlarda 
qo‘llash uchun mo‘ljallangan universal lenta. O‘suv davri 
uzoq va hosili kech pishib yetiladigan ekinlarni sug‘orish 
uchun normal tuproqlar sharoitida ishlatiladi.

10 va 12 mil (0,25 va 0,3 mm) – sug‘orish lentasining 
devori qalin, mustahkam. Toshloq tuproqli, shikastlanish 
xavfi yuqori bo‘lgan sharoitlarda, shuningdek bir yildan 
ortiq muddat davomida ishlatiladi.


273 

15 mil (0,375 mm) – sug‘orish lentasining devori eng 
qalin, mustahkam. Toshloq tuproqli, shikastlanish xavfi 
yuqori bo‘lgan sharoitlarda bir necha mavsum (yil) 
davomida bemalol ishlatish mumkin.

Download 13,74 Mb.
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   197




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shvetsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi

Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish