263
Avtomatlashtirilgan boshqaruvli tomchilatib sug‘orish
tizimlarida boshqaruv punkti o‘z tarkibiga tizimni avtomatik
tarzda boshqaruvchi kompyuter qurilmasini ham oladi. Bunday
tizimlarda ekin dalasi tuprog‘ining namligi o‘zgarishlarini qayd
qiluvchi datchiklar signalini qabul qiluvchi
va ular asosida ish
yurituvchi kompyuter uskunalari nazarda tutiladi.
Tomchilatib sug‘orish tizimi ishchi loyihasining tarkibida
tizim tarkibida qo‘llanilgan boshqaruv tizimining tavsifi, uning
tarkibidagi uskunalar ro‘yxati va tizimni
ishlatish tartibining
bayoni bo‘lishi talab qilinadi.
264
9-BOB. TOMCHILATIB SUG‘ORISH TIZIMINI
LOYIHALASH
Tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish uning avvaldan
ishlab chiqilgan loyihasi asosida amalga oshiriladi.
Tomchilatib sug‘orish tizimining elementlarini to‘g‘ri tanlash
tizimni samarali ishlashi uchun zamin yaratadi.
9.1. Tomchilatib sug‘orish tizimini loyihalashda
bajariladigan ishlar
Buning uchun avvalo tomchilatib sug‘orish
tizimining
loyiha- smeta hujjatlari ishlab chiqiladi.
Tomchilatib sug‘orish tizimi
loyihasini tuzish uchun
parvarish- lanayotgan ekin va ekin dalasiga oid birlamchi
ma’lumotlar talab qilinadi.
Buning uchun tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilinadigan
ekin maydonining tuproq-iqlim sharoitlari, suv bilan ta’minlanish
manbalari, elektr energiyasi ta’minoti holati, sug‘oriladigan ekin
va uni parvarishlashning o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar yig‘ilib o‘rganiladi va tahlil qilinadi.
Tomchilatib sug‘orish tizimini loyihalash doirasida quyidagi
ishlar bayon qilingan ketma-ketlikda amalga oshiriladi, ya’ni:
1)
uchastka xaritasida tomchilatib sug‘orish tizimining
umumiy sxemasi chizib chiqiladi;
2)
tomchilatib sug‘orish tizimi quriladigan maydonni
sug‘orish sektorlariga bo‘lib chiqiladi;
3)
tomchilatib sug‘orish tizimi sxemasida (uchastka
xaritasida) tomchilatib sug‘orish
tizimining bosh inshootlari
265
joylashtiriladi;
4)
tomchilatib sug‘orish tizimi sxemasida (uchastka
xaritasida) tizimning magistral va tarqatuvchi quvurlari
joylashtiriladi;
5)
sug‘orish sektorlarida tomizgichli sug‘orish shlanglari
joylashtirib chiqiladi.
6)
tomchilatib sug‘orish tizimi inshootlari,
quvurlari va
sug‘orish shlanglarining ko‘rsatkichlari aniqlanadi (gidravlik
hisoblar bajariladi);
7)
tomchilatib sug‘orish tizimi inshootlari, quvurlari va
sug‘orish shlanglarining markalari tanlanadi va narxlari
aniqlanadi;
8)
tomchilatib sug‘orish tizimining
loyihaviy smetasi
tuziladi;
9)
tomchilatib sug‘orish tizimi loyihasining tushuntirish
xati shakllantiriladi;
10)
tomchilatib sug‘orish tizimi loyihasi jamlanib, yagona
hujjat ko‘rinishida chop etiladi.