• 8.1. Suv bosimini rostlagichlar
  • -BOB. TOMCHILATIB SUG‘ORISH




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet112/197
    Sana21.05.2024
    Hajmi13,74 Mb.
    #247359
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   197
    Bog'liq
    2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

    8-BOB. TOMCHILATIB SUG‘ORISH 
    TIZIMINING BUTLOVCHI VA 
    ULOVCHILARI
     
    Tomchilatib sug‘orish tizimlari tarkibida bir qator butlovchi 
    va ulovchi qismlar mavjud bo‘lib, ular sug‘orish tizimining 
    yaxlitligini va barqaror ishlashini ta’minlash uchun xizmat 
    qiladilar.
    Tomchilatib sug‘orish tizimining butlovchilari (soqqali kran, 
    manometr, quti, havo chiqargich va tiqinlar) tizimdagi suv 
    oqimini boshqarish va bosimni rostlash uchun xizmat qiladilar.
    Tizimdagi suv oqimini boshqarish va bosimni rostlash uchun 
    soqqali kranlar va bosim rostlagichlardan foydalaniladi.
    8.1. Suv bosimini rostlagichlar 
    Bosim rostlagich sug‘orish tizimidagi suv bosimini kerakli 
    me’yorda ushlab turish, tizimda yuzaga keladigan ortiqcha bosim 
    va gidravlik zarbani oldini olish uchun xizmat qiladi.
    Bosim rostlagich sug‘orish tizimi tarqatish quvurining oldida 
    suv oqimi harakatlanishi yo‘nalishi bo‘yicha o‘rnatiladi.
    Bosim rostlagichlar odatda korroziyaga va katta bosimga 
    chidamli polimer yoki metall materiallardan ishlab chiqariladi 
    (8.1-rasm).
     
    Tomchilatib sug‘orish tizimlarida bosim rostlagichlarning 
    ikki-gidravlik va prujinali turlari qo‘llaniladi.
    Gidravlik bosim rostlagich qo‘llanilganda sug‘orish tizimida 
    suv bosimi oshganda, rostlagich bosimni zarur darajada bo‘lishi 
    uchun kerakli darajada ochilib bosimni rostlaydi.
    Prujinali bosim rostlagich prujina va diafragmaning bikirlik 
    kuchlarini muvozanatlash orqali suv bosimini bir xilda ushlab 
    turadi.


    255 
    a) metall cho‘yan
     
    b) metall latun
     
    c) plastik
     
    8.1-rasm. Bosim rostlagichlarning turlari 
     
    8.2-rasm. Bosim rostlagichning ishlash sxemasi
    Bosim rostlagichning prinsipial ishlash sxemasi 8.2-rasmda 
    aks ettirilgan.
    Bosim rostlagichning soddalashtirilgan varianti sifatida 
    bosimni qo‘lda boshqarish moslamasidan foydalanish mumkin.
    Ushbu moslama tarqatuvchi quvurga o‘rnatiladigan yonida 
    manometri bo‘lgan soqqali krandan iborat.


    256 
    Kran yordamida manometr ko‘rsatishiga ko‘ra tomchilatib 
    sug‘orish tizimi quvuridagi suv bosimi qo‘lda boshqariladi.
    Moslamaning eng asosiy kamchiligi suv bosimi birdan 
    keskin ko‘tarilgan vaqtlarda uni tezkor boshqarish imkonini 
    bermaydi, balki qo‘lda boshqarilganligi tufayli ma’lum vaqtni 
    talab qiladi.
    Bunday holat tomchilatib sug‘orish shlanglarining yorilishi, 
    uzilishi kabi salbiy vaziyatlarni bartraf qila olmaydi.

    Download 13,74 Mb.
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   197




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish