249
7.3.2. Tomizgichli sug‘orish lentalarining turlari
Tomizgichli sug‘orish lentalari tomizgichining shakliga ko‘ra
3 xil ko‘rinishda ishlab chiqariladi:
•
labirint tomizgichli;
•
tirqish tomizgichli;
•
yassi tomizgichli.
Labirint tomizgichli sug‘orish lentasi
Labirint tomizgichli sug‘orish lentasi
polietilen lenta chetlari-
ni uzunligi bo‘ylab maxsus tarzda yopishtirish asosida tayyor-
lanadi. Bunda lentaning chokida labirint shaklidagi mikrokanallar
ko‘zda tutiladi.
Sug‘orish lentasidagi mikrokanallar
orqali suv lentaning
tashqarisiga chiqadi va tomchi ko‘rinishida o‘simlik ildizi
joylashgan tuproqqa tomadi.
a) tashqi ko‘rinishi
b) sxematik ko‘rinishi
c) o‘ram shaklidagi
ko‘rinishi
d) ekin dalasidagi ishchi holati
7.7-rasm. Labirint tomizgichli sug‘orish lentasi.
250
Labirint tomizgichli lentalar devori asosan 5–6 mil (125-150
mikron) qalinlikda bo‘ladi va odatda bir mavsum davomida
ishlatish uchun mo‘ljallanadi.
Labirint tomizgichli lentalar mavsum oxirida yig‘ib olinib,
qayta ishlashga yuboriladi.
Tirqish tomizgichli lenta
Tirqish tomizgichli lentalar yupqa
devorli shlangning ichiga
uning uzunligi bo‘ylab tomizgichli tasma yopishtirilgan va
ma’lum masofalarda shlangning
tashqari tarafidan lazer
yordamida teshiklar ochib chiqilgan ko‘rinishda ishlab
chiqariladi.
Tirqish tomizgichli lentalarning
suv tomadigan teshiklari
ham zavodning o‘zida ochib chiqiladi (7.8-rasm).
a) tashqi ko‘rinishi
b) sxematik ko‘rinishi
c) o‘ram shaklida
yetkazib beriladi
d) ekin dalasidagi ishchi holati
7.8-rasm. Tirqish tomizgichli lenta.
251
Tirqish tomizgichli lenta labirint tomizgichli lentaga nisbatan
mustahkamroq va uzoqroq ishlaydi.
Tirqish tomizgichli lentalar devori asosan 7–8 mil (175-200
mikron) qalinlikda bo‘ladi va odatda bir-ikki mavsum davomida
ishlatish mumkin.
Masalan, 7.8-rasmdagi Hirro tape markali tirqish tomizgichli
lenta quyidagi xususiyatlarga ega:
•
tomizgich turi-tirqishli qattiq
tomizgich;
•
ishchi bosimi – 0,7 bar;
•
yuvish paytidagi bosimi – 1,2 bar;
•
tomizgichdan suv bilan o‘tishi mumkin bo‘lgan qattiq
zarrachalarning kattaligi 100 mikron;
•
sug‘orish shlangining diametri –
16 mm;
•
shlang devorining qalinligi – 8 mil (0,2 mm);
•
tomizgichning suv sarf – 1,5 l/soat;
•
tomizgichlar oralig‘idagi masofa – 20 sm;
•
o‘ramdagi lenta uzunligi – 1000 metr.