7.2. Tomizgichi ichkaridan o‘rnatiladigan sug‘orish
shlanglari
Tomizgichi
ichkaridan
o‘rnatiladigan
sug‘orish
shlanglarining devori ham qalin (td=0,6-1,1 mm) bo‘ladi va ular
qalin devorli sug‘orish shlanglari qatoriga kiradi. Bu sug‘orish
shlanglarining tomizgichlari zavodning o‘zida shlangning ichiga
o‘rnatilib ishlab chiqariladi (
7.4-rasm)
.
Tomizgichi ichkaridan o‘rnatiladigan sug‘orish shlanglari
ko‘p yillik daraxtlarni ham, bir yillik ekinlarni sug‘orish uchun
ham ishlatiladi.
246
a) tomizgichlar
b) tomizgichni shlangda
joylashishi
7.4-rasm. Tomizgichni sug‘orish shlangining ichida joylashishi.
Tomizgichi ichkaridan o‘rnatiladigan sug‘orish shlanglari
intensiv tarzda yetishtiriladigan mevali bog‘lar tuprog‘ini chiziqli
namlab sug‘orish uchun eng maqbul sanaladi.
Tomizgichi ichkaridan o‘rnatiladigan sug‘orish shlanglari
devorlarining qalinligi 0,6-1,1 mm bo‘lgan polietilendan ishlab
chiqariladi va tomizgichlari 0,8-1,0 kg/sm
2
bosim ostida bemalol
ishlaydi.
Bu tomizgichlar orasidagi eng yaqin masofa 0,2 m, eng
uzog‘i esa 1,0 m gacha bo‘lishi mumkin. Tomizgichlarning suv
sarfi esa soatiga 1,2 litrdan 3,8 litrgacha oraliqda bo‘ladi.
Ichki tomizgichli sug‘orish shlanglari uzunligi 100-200 m
o‘ramlar ko‘rinishida ishlab chiqariladi va dalada sug‘oriladigan
ekin qatorlari bo‘ylab yoyib chiqiladi va montaj qilinadi (7.5-
rasm).
Sug‘orish shlanglari mavsum avvalida yoyilib, mavsum
oxirida yig‘ishtirib olinadi.
247
a) sug‘orish
shlangining o‘rami
b) sug‘orish shlangini dalada joylashishi
7.5-rasm. Tomizgichi ichkaridan o‘rnatilgan sug‘orish shlangi.
|