• 8.3.2. Tarqatuvchi quvur va sug‘orish shlanglarini o‘zaro ulovchilar
  •  Tizim quvurlarini o‘zaro ulovchilar




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet114/197
    Sana21.05.2024
    Hajmi13,74 Mb.
    #247359
    1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   197
    Bog'liq
    2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

    8.3.1. Tizim quvurlarini o‘zaro ulovchilar 
    Tomchilatib sug‘orish tizimining quvurlarini o‘zaro ulash 
    uchun uchlik, o‘tuvchi, tirsak, mufta, adapter kabi ulovchilardan 
    foydalaniladi.
    Asosiy quvurdan o‘ng yoki chap tomonga ketadigan 
    quvurlarni asosiy quvurga ulash uchun uchliklardan foydalanilsa, 
    muayyan q
    uvurning oxirigi qismini biror tomonga burish uchun 
    tirsaklar 
    ishlatiladi.
    Katta diametrli quvurdan kichikroq diametrdagi quvurga 
    o‘tish uchun 
    o‘tuvchi
    lardan foydalaniladi (8.6-rasm).
    Quvurlarni rezbali ulanish joylariga (nasos, filtr, kran kabi) 
    ulash uchun adapterlardan foydalaniladi.
    Tugab qolgan quvurni yanada uzaytirib davom ettirish uchun 
    ulovchilardan (ta’mirlovchi, mufta) 
    foydalaniladi (8.7-rasm).
    Tomchilatib sug‘orish tizimi tarqatuvchi quvurlarning oxirini 
    yopish (berkitish) uchun turli ko‘rinishdagi yopgichlar (tiqin, 
    zaglushka) ishlatiladi (8.8-rasm).
    8.3.2. Tarqatuvchi quvur va sug‘orish shlanglarini o‘zaro 
    ulovchilar 
    Tomchilatib sug‘orish tizimi tarqatuvchi quvur va sug‘orish 
    shlanglarini o‘zaro ulovchilari quvurning (qattiq yoki yumshoq) 
    va sug‘orish shlangining (qalin devorli yoki tomizgichli lenta) 
    turiga ko‘ra qo‘llaniladi.


    259 
    uchlik
     
    tirsak
     
    tuvchi
     
    8.6-rasm. Tomchilatib sug‘orish tizimi quvurlarini o‘zaro 
    ulovchilar.
    a) adapter
     
    b) ulovchi (mufta)
     
    d) yumshoq quvurlar 
    uchun
     
    8.7-rasm. 
    Tomchilatib
    sug‘orish tizimi quvurlarini o‘zaro 
    ulovchilar.
    a) qattiq quvurlar uchun
    b) yumshoq quvurlar uchun
    8.8-rasm. Tomchilatib sug‘orish tizimi quvurlari oxirini 
    yopgichlar.
    a) shtuser nippeli 
    bilan
     
    b) gaykali shtuser 
    + rezina
     
    d) kran-shtuser + 
    rezina
     
    8.9-rasm. Tarqatuvchi quvur va sug‘orish shlanglarini o‘zaro 
    ulovchila.


    260 
    a) qattiq quvur va qalin devorli 
    sug‘orish shlangi
    b) qattiq quvur va 
    yupqa devorli sug‘orish 
    lentasi
    8.10-rasm. Tarqatuvchi qattiq quvur va sug‘orish shlanglarini 
    kran- shtuserlar vositasida o‘zaro ulash.
    Tomchilatib sug‘orish tizimi tarqatuvchi quvuri qattiq quvur 
    bo‘lgan holatlarda, ushbu quvurni va sug‘orish shlanglarini 
    o‘zaro ulash uchun shtuser va kran-shtuserlardan foydalaniladi 
    (8.9-rasm). 
    Tomchilatib sug‘orish tizimi tarqatuvchi qattiq quvuriga 
    qalin devorli sug‘orish shlanglarini va tomizgichli sug‘orish 
    lentalarini ulash uchun kran-shtuserlardan foydalanilishi ham 
    mumkin (8.10-rasm).

    Download 13,74 Mb.
    1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   197




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish