10.4. Sug‘orish tizimi bosh inshootlarini montaj qilish
Maydonchadagi beton qoplama to‘liq qotgandan keyin
barcha inshootlar o‘z o‘rinlariga joylashtirib chiqiladi va ularni
o‘zaro montaj qilish ishlari bajariladi (10.5-rasm).
Montaj qilish davomida inshootlarni joylashuviga, ayniqsa
nasos qurilmasi o‘qining gorizontal joylashishiga alohida e’tibor
qaratiladi.
Inshootlar bir biri bilan maxsus ulovchi qismlar va quvurlar
yordamida o‘zaro ulab chiqiladi.
293
Bunda inshootlarni o‘zaro ulashda ishlatiladigan adapter-
larning rezbalarini to‘g‘ri joylashganligiga alohida e’tibor
qaratiladi. Adapterlarni inshootlar bilan mustahkam ulanishi va
suv oqib chiqmasligi uchun rezbalar ustiga maxsus qurilish
lentalari (pum lenta) o‘raladi.
Keyingi bosqichda tomchilatib sug‘orish tizimining daladagi
tarkibiy qismlari, shu jumladan magistral quvuri filtrlash
stansiyasidan sektorlargacha o‘tkaziladigan yo‘lga parallel
ravishda (tuproq ostiga 0,5-1,5 m chuqurlikda) yotqiziladi.
10.5. Sug‘orish tizimi quvurlarini yotqizish va montaj
qilish
Magistral quvurlar handaqqa yotqizilgandan keyin, unga
tarqatuvchi quvurlar uchlik, tirsak, o‘tuvchi va soqqali kranlar
yordamida ulab chiqiladi (10.6-rasm).
Tomchilatib sug‘orish tizimining tarqatuvchi quvurlari
magistral quvurga yondosh yoki perpendikulyar yo‘nalishda
tuproq ostiga (0,3-0,5 m chuqurlikda) yotqiziladi.
Tomichilatib sug‘orish tizimining tarqatuvchi quvurlari
magistral quvurlarga tugunlar, gidrantlar yoki soqqali kranlar
yordamida ulanadi (10.7-rasm).
Tarqatuvchi quvurlardagi suvni boshqarish uchun ularning
boshlanish qismlariga bosim rostlagich, kapalak ko‘rinishidagi
kran yoki soqqali kranlar o‘rnatiladi (10.8-rasm).
Tarqatuvchi quvurning oxiri doimo yopgich (tiqin) bilan
berkitib yopib qo‘yiladi (10.9-rasm).
294
a) xandaqqa yotqizish
b) uchlik orqali tarqatuvchi
quvurga ulash
10.6-rasm. Tomchilatib sug‘orish tizimi bosh quvurini yotqizish.
a) uchlik yordamida
b) tirsak yordamida
10.7-rasm. Tarqatuvchi quvurni bosh quvurga ulash
.
a) bosim rostlagich
b) kapalak kran
d) soqqali
kran
10.8-rasm. Tarqatuvchi
quvurni
boshiga
o‘rnatiladigan
uskunalar
.
295
a) quvurni yopgichlar
b) oxiri yopilgan tarqatuvchi quvur
10.9-rasm. Tarqatuvchi quvurning oxirini yopib qo‘yish
.
a) tarqatuvchi quvurda teshik ochish va nippel o‘rnatish
b) shtuser va nippel
d) quvurga o‘rnatilgan shtuser va shlang
10.10-rasm.
Tarqatuvchi quvurga sug‘orish shlangini ulash.
|