322
atrofida aylanib suvni uzib- uzib sepadigan yomg‘irlatgichlar eng
ko‘p tarqalgan yomg‘irlatgichlar sanaladi.
Tuprog‘i g‘ovak va suv o‘tkazuvchanligi kuchli maydonlarda
ildizi chuqurga ketmaydigan (popuk ildizli) ekinlarni, ayniqsa
sabzavotlar va dalaga yoyib ekiladigan ekinlarni yomg‘irlatib
sug‘orish yaxshi samara beradi.
Tuprog‘i eroziyaga moyil yengil tuproqli, yer yuzasi notekis
bo‘lgan adir maydonlarida ham ekinlarni yomg‘irlatib sug‘orish
tizimlaridan foydalanish iqtisodiy jihatdan yaxshi samara beradi.
Kuchli shamollar (tezligi 5 m/s dan yuqori) tez-tez bo‘lib
turadigan va tuprog‘i og‘ir (loysimon), suv o‘tkazuvchanligi past
bo‘lgan hududlarda ekinlarni yomg‘irlatib sug‘orish tavsiya
qilinmaydi.