12.3. Statsionar tipdagi yomg‘irlatish qurilmalari Statsionar tipidagi yomg‘irlatgich qurilmalari bitta dalada
muqim o‘rnatib qo‘yiladi, odatda ular mavsum davomida
ko‘chirilmaydi.
Statsionar yomg‘irlatib sug‘orish tizimlari yomg‘irlatgichlari
uncha katta bo‘lmagan ekin dalalari sharoitida bir yillik ekinlar,
sharoiti o‘zgarmaydigan dalalar sharoitida yoyib ekiladigan
ekinlar, kichik maydonlardagi yashil gazonlar va boshqalarni
sug‘orish uchun qo‘llaniladi.
Yomg‘irlatib sug‘orish tizimining tarkibiga kiruvchi hovuz-
tindirgich, nasos qurilmasi, magistral va tarqatuvchi quvurlar,
yomg‘irlatuvchi moslamalar statsionar yomg‘irlatish tizimining
asosiy qismlari sanaladi (12.4-rasm).
Statsionar yomg‘irlatib sug‘orish tizimining tarkibiga tizim
tarkibiga ulovchi va butlovchi qismlar ham kiradi.
Statsionar
yomg‘irlatib
sug‘orish
tizimlari
yomg‘irlatgichlarning ishlashiga ko‘ra farqlanadi va ular:
–
suvni doimiy sepuvchi (statik);
–
suvni uzib-uzib sepuvchi (impulsli);
–
suvni aylanib sepuvchi (rotorli) kabi turlarga bo‘linadi.
Statsionar yomg‘irlatib sug‘orish tizimlarining yomg‘ir-
latgichlarini ko‘rinishlari 12.5-rasmda keltirilgan.
325
12.4-rasm. Statsionar yomig‘irlatish qurilmasining prinsipial sxemasi. a) suvni doimiy sepuvchi (statik) b) suvni uzib sepuvchi (impulsli) c) suvni aylanib sepuvchi (rotorli) 12.5-rasm. Statsionar yomig‘irlatish qurilmasining yomg‘irlat- gichlari.
326
Statsionar
yomg‘irlatib
sug‘orish
tizimining
yomg‘irlatgichlari ekin turiga qarab tanlanadi.
12.4 Statsionar yomg‘irlatib sug‘orish tizimining