334
12.12-rasm. Yomg‘irlatib sug‘orish tizimining hisobiy suv sarfini
aniqlash
sxemasi
(Namangan
viloyati
Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Isoqov Oqiljon” fermer
xo‘jaligi misolida).
Yomg‘irlatib sug‘orish tizimi nasos qurilmasining bosimini
aniqlash uchun tizimning nasos qurilmasiga
ulanadigan nuqtasi
bilan eng uzoqdagi yomg‘irlatgich joylashgan nuqtasi oralig‘ida
bosh va tarqatuvchi quvurlarda yo‘qotiladigan bosim isrofi
ko‘rsatkichlarining yig‘indisi aniqlanadi.
Quvurlardagi bosim isrofi polietilen quvurlar uchun gidravlik
hisob asosida aniqlanadi.
Yomg‘irlatib sug‘orish tizimi sxemasining eng oxirgi qato-
ridagi tarqatuvchi quvur va suv yetkazib beruvchi quvurda (nasos
335
qurilmasidan eng uzoqdagi tarqatuvchi quvurgacha bo‘lgan
masofada) yo‘qotiladigan bosim isrofi ko‘rsatkichlarining
yig‘indisi tizimdagi umumiy bosim yo‘qotilishini ko‘rsatadi.
Bir tarqatuvchi quvurdagi bosim isrofi quyidagi tenglama
asosida aniqlanadi:
h
t
= h
e12
+ h
e23
+ + h
en
;
bu yerda, h
e12
– tarqatuvchi quvurning bir bo‘lagidagi bosim
isrofi, m;
h
t
– bir tarqatuvchi
quvurdagi bosim isrofi, m;
Yomg‘irlatib sug‘orish tizimining umumiy bosim isrofi
magistral va tarqatuvchi quvurdagi bosim isroflarining umumiy
yig‘indisi (N) va unga yana 10% qo‘shimcha qo‘shish
asosida
aniqlanadi:
H = h
m
+ h
t
+ 0,1 (h
m
+ h
t
)
bu yerda, h
m
– tizim magistral
quvuridagi bosim isrofi, m;
h
t
– tizim bir tarqatuvchi quvuridagi bosim isrofi, m;
Hisoblash natijalari yomg‘irlatib sug‘orish tizimining hisobiy
bosimni aniqlash sxemasida qayd qilinadi (12.13-rasm).
Yomg‘irlatib sug‘orish tizimining hisobiy bosimi, ya’ni
yomg‘irlatib sug‘orish tizimining ishlashi uchun zarur bo‘ladigan
bosim tizimda qo‘llanilgan yomg‘irlatgichning ishlashi uchun
zarur bo‘ladigan bosim (odatda 25-30 metr),
suv yetkazib
beruvchi va tarqatuvchi quvurlarda (nasos qurilmasidan eng
uzoqda joylashgan tarqatuvchi quvur) va mahalliy qarshiliklarni
yengish
uchun
yo‘qotiladigan
bosimlarning
(bosim
yo‘qotilishining 10% iga teng) jami yig‘indisi sifatida aniqlanadi:
H
x
= h
m
+ h
t
+ 0,1 (h
m
+ h
t
) + (25 ÷ 30)
, m