Statsionar yomg‘irlatib sug‘orish tizimini




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/197
Sana21.05.2024
Hajmi13,74 Mb.
#247359
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   197
Bog'liq
2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

12.8. Statsionar yomg‘irlatib sug‘orish tizimini 
ishlatish 
Ekin dalasida qurilgan yomg‘irlatib sug‘orish tizimini to‘liq 
ishga tushirishdan oldin uning ishlashi sinab-tekshirib ko‘riladi.


342 
Yomg‘irlatib sug‘orish tizimining ishlashini sinab-tekshirib 
ko‘rish tizimning nasos qurilmasini har xil rejimlarda ishlatib 
ko‘rish, yomg‘irlatib sug‘orish tizimi quvurlarini yuvish, tizim 
quvurlarida yetarli bosim yuzaga kelayotganligini aniqlash, 
yomg‘irlatgichlarning suv sepishi va yomg‘ir ekin maydonini 
to‘liq qamrab olayotganini tekshirib ko‘rishdan iborat bo‘ladi.
Sinov-tekshiruv 
davrida 
tizim 
quvurlarining 
ulangan 
joylaridan suv chiqmayotganligiga va yomg‘irlatgichlarning 
suvni to‘g‘ri sepayotganligiga alohida e’tibor qaratish lozim.
Agar suv chiqayotgan joylar bo‘lsa, ularni bartaraf qilish 
choralari ko‘riladi. Yomg‘irlatgichning noto‘g‘ri ishlayotganligi 
aniqlangan hollarda esa, uni tozalab qayta o‘rnatish, muammo 
shunda ham hal bo‘lmasa, uni almashtirish chorasi ko‘riladi. 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, yomg‘irlatgichlarning ishlashi 
har safargi sug‘orish vaqtida muntazam kuzatib turiladi.
Yomg‘irlatib sug‘orish tizimini ishga tushirish nasos 
qurilmasini ishga tushirishdan boshlanadi. Nasos yordamida 
tizimga 
yetkazib 
berilayotgan 
suv 
tizimning 
barcha 
yomg‘irlatgichlaridan bir xilda sepilayotgan bo‘lsa, demak, tizim 
to‘g‘ri ishlayotganiga ishonch hosil qilish mumkin.
Yetishtirilayotgan 
ekin me’yorida rivojlanishi uchun 
yomg‘irlatib sug‘orish vaqtida tuproqda zarur miqdordagi 
namlikni hosil qilish muhim hisoblanadi.
Yomg‘irlatib sug‘orishda beriladigan suvning miqdori 
boshqa sug‘orish usullaridagi kabi dala tuprog‘ining sug‘orishdan 
oldingi namligini aniqlash asosida, sug‘orishning davomiyligi esa 
nasos qurilmasining suv yetkazib berish quvvati, ya’ni hisoblab 
chiqilgan sug‘orish me’yori qancha vaqt ichida yetkazib berilishi 
mumkinligi asosida belgilanadi.
Aksariyat yomg‘irlatib sug‘orish tizimlarida bir gektar ekin 
maydonini sug‘orish uchun bir soat davomida, odatda, 50‒70 m
3
suv sarflanadi. Sug‘orishning hisoblab chiqilgan talab qilinadigan 


343 
me’yori (netto) esa, odatda, 500‒800 m
3
oralig‘ida bo‘lishi 
hisobga olinsa, bir marta yomg‘irlatib sug‘orish uchun tizim 10‒
12 soat davomida ishlashi lozim bo‘ladi.
Statsionar yomg‘irlatib sug‘orish tizimidan foydalanish 
natijasida sug‘orish davomida ekin dalasi tuprog‘i namligining 
o‘zgarishlari ko‘rinishlari 12.18- rasmda aks ettirilgan. 
a) boshlanishida
b) sug‘orish davomida (3 soat 
sug‘orilgan)
c) sug‘orish davomida (8 soatga yaqin sug‘orilgan)
12.18-rasm. Statsionar yomg‘irlatib sug‘orish tizimini ishla-
tishda tuproq namligini o‘zgarishining ko‘rinishlari 
(Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 
“Isoqov Oqiljon” fermer xo‘jaligi dalasi misoli).

Download 13,74 Mb.
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   197




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Statsionar yomg‘irlatib sug‘orish tizimini

Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish