348
14-BOB. EKINLARNI PARVARISHLASHDA
AGROTEXNIKA MASALALARI
Ekinlarni suv tejovchi sug‘orish texnologiyallarini qo‘llash
asosida parvarishlanganda bajariladigan agrotexnik tadbirlar ush-
bu kitobning avvalgi bo‘limlarida qisman
yoritilganligi va agro-
texnika masalari har bir ekin turlari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi
yo‘nalishida faoliyat yurituvchi ilmiy tadqiqot institutlari va oliy
o‘quv yurtlari tomonidan chop etilgan maxsus adabiyotlarda
batafsil yoritilishini hisobga olib, tuproqqa ishlov berish, begona
o‘tlarga qarshi kurash, o‘simliklar himoyasi masalalarini umumiy
tarzda qisqa bayon qilish bilan chegaralanamiz.
14.1. Tuproqqa ishlov berish
Ekin maydonlari tuproqlariga ishlov
berishni kuzda avvalgi
yil hosili yig‘ib olingandan keyin boshlanadi. Bunda eski
ekinning qoldiqlari to‘liq yig‘ib olinadi, ya’ni dala tozalanadi.
Ekin dalasiga fosforli o‘g‘itlar yillik me’yorining 70% va
kaliyli o‘g‘itlarning 50% solinib o‘g‘itlanadi.
Bu o‘g‘itlashda fosforli o‘g‘itlarning ammofos (200 kg/ga),
superfosfat (650 kg/ga) kabi turlari, kaliyli o‘g‘itlarning
kaliy
xlorid (80-90 kg/ga) turidan foydalanish mumkin. Fosforli va
kaliyli o‘g‘itlarning tuproqning ekin ildizi rivojlanadigan yuqori
qatlamida (0-30 sm) bo‘lishi yetarli sanaladi.
O‘g‘itlangan dalada kuzgi shudgorlash ishlari o‘tkaziladi.
Bunda ekin maydonining tuprog‘i
mexanik tarkibidan kelib
chiqib 30-35 sm chuqurikda haydaladi.
Erta bahorda va ekish oldidan yaxshi yetilgan tuproqqa sifatli
ishlov berish tuproqni mayin va donador bo‘lishini ta’minlaydi.
Sifatli ishlov berilgan tuproqning zichligi yetarli darajada bo‘lib,
bahorgi tabiiy namni o‘zida uzoq vaqt ushlab turadi.
349
a) ekin dalasi yerini kuzda
haydash
b) ekishdan oldin yerni
boronalash
14.1-rasm. Ekin dalasi tuprog‘iga ishlov berish
.
Yumshoq tuproqda ekinlarning urug‘lari bir xil chuqurlik va
yetarli namga ekiladi. Natijada nihollar bir tekis unib chiqadi va
yaxshi o‘sib rivojlanadi. Yaxshi o‘sib rivojlangan ekin
pirovardida yaxshi hosil beradi.
Kuzda shudgorlangan maydonlar ikki qatorli
zig-zag borona
bilan 8-10 sm chuqurlikda boronalanadi (14.1-rasm).
Boronalash paytida tuproq ajriq, g‘umay, qamish va boshqa
ko‘p yillik begona o‘tlar ildizlaridan tozalanadi. Begona
o‘tlarning yig‘ilgan qoldiqlarini to‘plab daladan tashqariga olib
chiqib tashlanadi.
Ayniqsa, chigit ekiladigan maydonlar
yaxshilab tekislanishi,
tuproq kesaksiz, mayin holatga keltirilishi,
yer yaxshilab
yumshatilishi kerak.
Sho‘ri yuvilgan, yaxob suvi berilgan dalalarda chizellash
ishlari tuproqning namligi me’yoriga kelganda bajariladi.
Bunday yerlarga chizel kultivatorlari
bilan ishlov berilib
yumshatiladi, so‘ngra boronalanadi va mola bosiladi (14.2-rasm).
350
14.2-rasm. Ekin dalasi tuprog‘iga ishlov beruvchi chizel
kultivator.
Yerni ekishga tayyorlashda texnikani kamroq ishlatilishiga
intilish kerak. Chunki texnikaning dalada ko‘p
yurishi tuproqni
zichlashishiga olib keladi.
Oqibatda zichlashgan tuproqli dalalarda bir yillik ekinlar
yaxshi rivojlanmaydi va hosildorligi pasayib ketadi.