351
orasidan
ammiakli selitra, karbamid va kaliyli selitralarni ajratib
ko‘rsatiladi.
Kaliyli mineral o‘g‘itlardan eng
maqbullari kaliy sulfat va
kaliy xloridlardir.
Fosforli mineral o‘g‘itlar suvda kam eriydi va sug‘orishga
berilgan suvda tuzlar hosil qilib, cho‘kib qoladi.
Shuning uchun
ularni suv bilan berilmaydi, balki an’anaviy
tarzda tuproq
yuzasiga quruq holatda sepiladi.
14.2.1. Ekinlar parvarishida qo‘llanilayotgan mineral
o‘g‘itlar
Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori
hosil olishda mineral
o‘g‘itlarning o‘rni katta.
Mineral o‘g‘itlarga asosan azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlar
kiritiladi.
Mineral o‘g‘itlar
tarkibida azot, fosfor, kaliy, kalsiy va
o‘simliklarning oziqlanishi
uchun kerakli va tuproqning
xossalariga ijobiy ta’sir etadigan boshqa elementlar bo‘ladi.
Azotli o‘g‘itlar
Tarkibida asosan azot birikmalari bo‘lgan o‘g‘itlarga azotli
o‘g‘itlar deyiladi. Azotli o‘g‘itlar qariyb barcha o‘simliklarni
oziqlantirish uchun qo‘llanadilar. Agar o‘simlikning barglari sar-
g‘ayib, o‘sishi va yangi shoxchalarni (novda, surx) paydo bo‘lishi
sekinlashsa, demak, o‘simlikka azot yetmayotgan bo‘ladi.
Amaliyotda azotli o‘g‘itlarning ammiakli o‘g‘itlar, ammoniy
sulfat, karbamid kabi turlari keng qo‘llaniladi.