13-BOB. TUPROQ OSTIDAN SUG‘ORISH




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/197
Sana21.05.2024
Hajmi13,74 Mb.
#247359
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   197
Bog'liq
2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

 


344 
13-BOB. TUPROQ OSTIDAN SUG‘ORISH 
USULI 
13.1. Tuproq ostidan sug‘orishning tavsifi 
Tuproq ostidan sug‘orish suvni tuproq ichida joylashtirila-
digan quvur va shlanglar tizimi yordamida ekinning ildiz 
qatlamiga yetkazib berishga mo‘ljallangan sug‘orish tizimi 
hisoblanadi.
13.1-rasm.
Tuproq
 ostidan sug'orish tizimi.
Tuproq ostidan sug‘orish suvning tuproq ichida yuqoriga 
qarab kapillyar ko‘tarilishiga asoslangan bo‘lib, bunda 
tuproqning shimib olish kuchi muhim rol o‘ynaydi.
Tuproq ostidan sug‘orish yer ostiga ma’lum (0,2-0,4 m) 
chuqurlikda yotqizilgan maxsus teshikchalari bo‘lgan kichik 
diametrli quvurlar (qattiq shlanglar) yordamida amalga oshiriladi. 
Maxsus ishlab chiqarilgan bu quvurga tomizgichga o‘xshash suv 
chiqargichlar o‘rnatilgan bo‘ladi. Ular biri – biridan ma’lum 
masofada (odatda 0,5-1,0 m) joylashgan bo‘ladi (13.2-rasm).


345 
zamonaviy 
polietilen quvurli 
(Avstraliyada 
qo‘llaniladi)
ustiga plyonka 
kiydirilgan quvurli 
(avvallari 
qo‘llanilgan)
13.2-rasm.
Tuproq
 ostidan sug‘orish tizimining quvurlari.
Tuproq ostidan sug‘orish tizimlari suvni yetkazib berish 
tamoyiliga ko‘ra quyidagi:
1)
kapillyar namlovchi vakuum yoki adsorbsion (suv 
tuproqning so‘rish kuchi asosida harakatlanadi);
2)
kapillyar-gravitatsion namlovchi past bosimli (suv o‘z 
oqimi bo‘yicha harakatlanadi);
3)
kapillyar-gravitatsion namlovchi yuqori bosimli (suv 
sun’iy hosil qilingan bosim tufayli harakatlanadi) turlarga 
bo‘linadi.

Download 13,74 Mb.
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   197




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish