• 14.3.1. Begona o‘tlarga qarshi kurashning agrotexnik usullari
  •  Begona o‘tlarga qarshi kurash tadbirlari




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet158/197
    Sana21.05.2024
    Hajmi13,74 Mb.
    #247359
    1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   197
    Bog'liq
    2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

    14.3. Begona o‘tlarga qarshi kurash tadbirlari
     
    Begona o‘tlar bilan kurash tadbirlari shartli ravishda ikki 
    toifaga: oldini oluvchi va qirib tugatuvchi chora-tadbirlarga 
    ajratiladi.
    Oldini oluvchi chora-tadbirlar har xil manbalardan begona 
    o‘tlar
    urug‘larini dalaga kelishini bartaraf qilishga qaratilgan va 
    asosan quyidagilardan iborat:

    ekinlar urug‘larini begona o‘t urug‘laridan tozalash;

    dalada va ekilmagan yerlarda unib chiqayotgan begona 
    o‘tlarni haydab yo‘qotish;

    dala chetlari, yo‘llar va ariqlar bo‘ylaridagi begona 
    o‘tlarni urug‘lantirmay (pishirmay) o‘rib olib tashlash;

    mahalliy o‘g‘it sifatida ishlatiladigan hayvon go‘nglarini 
    birinchi galda avval yaxshilab chiritish va undan 
    keyingina tuproqqa solib aralashtirish;
    Ma’lumki, hayvonlarning yaxshi chiritilmagan go‘nglarida, 
    ayniqsa qoramol go‘ngida ajiriq, ko‘k itqo‘noq, qorakurmaq 
    eshaksho‘ra va sho‘ra kabi o‘simliklarining urug‘lari ko‘plab 
    uchraydi.
    Qirib tugatuvchi chora-tadbirlar begona o‘tlarni, ularning 
    ildizlar va urug‘larini yo‘qotishga qaratilgan bo‘lib, o‘z ichiga 


    361 
    agrotexnik va kimyoviy kurash usullarini oladi.
    O‘zbekiston sharoitida begona o‘tlarga qarshi kurashning 
    asosini agrotexnik usullar (tadbirlar) tashkil qiladi.
    14.3.1. Begona o‘tlarga qarshi kurashning agrotexnik 
    usullari 
    Urug‘larni havo va tuproq harorati qulay paytida ekish 
    nihollarni bir tekis unib chiqishi va tez o‘sishini ta’minlaydi. 
    Natijada tezda tuproq ochiq yuzasi soya-salqin bo‘lib qoladi.
    Bunday sharoitda ko‘pchilik begona o‘tlarning urug‘lari unib 
    chiqa olmay tuproqda qolib ketadi, unib chiqqanlari ham yaxshi 
    o‘smaydi.
    Yetishtirilayotgan ekin nihollarini o‘sishiga ko‘maklashuvchi 
    barcha chora-tadbirlarni qo‘llash, avvalo, yuqori sifatdagi 
    urug‘larni ekish, hasharot, kasallik va zamburug‘larga qarshi 
    kurashni yo‘lga qo‘yish nihollarni baquvvat bo‘lib rivojlanishini 
    va begona o‘tlar bilan raqobat qila olishini ta’minlaydi.
    Tuproqqa ishlov berishning agrotexnik tadbirlari qatoriga:
    1)
    yerni yuza haydab, tuproq yuzasini yumshatish;
    2)
    kuzda chuqur shudgorlash;
    3)
    bahorda ekishdan oldin haydash kabi tadbirlar kiradi.
    Tuproqni yuza haydash kuzgi shudgordan oldin o‘tkaziladi 
    va bunda begona o‘tlar o‘ladi, tuproqda qolgan urug‘lari tezda 
    unib chiqadi.
    Kuzgi shudgor begona o‘tlar unib chiqqandan keyin 
    o‘tkazilsa, begona o‘tlar nobud bo‘ladi, ularning ildizlari 
    tuproqning ustiga chiqarib tashlanadi.Bu ildiz poyalar qishda 
    muzlab nobud bo‘ladi.


    362 
    a) g‘umay
    b) ajiriq
    d) qirqbo‘g‘im
    e) saloma-
    laykum
    14.5-rasm. Ekin dalalarida o‘sadigan begona o‘tlar
    .
    Ekin dalalarida uchraydigan ayrim begona o‘tlar 14.5-rasmda 
    aks ettirilgan. 
    Bahorda ekishdan oldin yer haydash va ikki tomonlama mola 
    (borona) yurgizish yangi unib chiqqan o‘tlarni nobud qiladi va 
    tuproq ustidagi ildizpoyalarni daladan chiqarib tashlashni 
    ta’minlaydi.
    Yerlarni kultivatsiya qilish eng muhim tadbirlardan sanaladi.
    Biroq ba’zi begona o‘tlar tarqalgan dalalarda kultivatsiya 
    yaxshi samara bermasligi mumkin. Bunday hollarda begona 
    o‘tlarni qo‘lda chopiq qilish yordamida yo‘qotiladi.
    G‘umay, ajriq, qo‘ypechak, dag‘alkanop, bangidevona va 
    boshqa o‘tlar dalaning u yer bu yerida alohida uchraganda ham 
    eng samarali kurash usuli – ularni qo‘l bilan yulib tashlashdir.
    Ekinlar urug‘lik olish uchun parvarishlanadigan dalalarda 


    363 
    begona o‘tlar qo‘l bilan o‘taladi.
    Tuproqning o‘ziga purkalgan gerbitsidlar ta’sir qilmagan 
    (chidamli) begona o‘tlarni ham qo‘lda chopiq qilish yordamida 
    olib tashlanadi.
    Sho‘rlangan yerlarni erta bahorda ekishdan oldin suvga 
    bostirib 
    qo‘yilsa, ko‘pincha begona o‘tlarning, ayniqsa 
    qo‘ypechak, kakra, semizo‘t va ituzum kabi o‘simliklarning 
    o‘sishi to‘xtaydi.
    Bunday dalalarda bahorda begona o‘tlar bir tekis ko‘karib 
    chiqadi va ularni ekishdan oldin boronalab yo‘qotish mumkin.
    G‘o‘zani g‘alla va beda bilan almashlab ekish bir yillik 
    (eshaksho‘ra, olabo‘ta, semizut, ituzum va boshqa) va ba’zi ko‘p 
    yillik (salomalaykum) begona o‘tlarni butunlay yo‘qotishda juda 
    foydali sanaladi.
    Almashlab ekishni rejalashtirish paytida, g‘o‘za dalalarida 
    qo‘llanilgan tanlab ta’sir etuvchi gerbitsidlarning tuproqda qoldiq 
    ta’sir qilish xususiyatlari mavjudligi va ularning qoldiq 
    me’yorlari keyingi yil ekiladigan ekinlarga salbiy ta’sir qilishi 
    mumkinligini e’tibordan qochirmaslik kerak.
    Misol 
    uchun 
    trifluralin 
    (treflan, 
    nitran, 
    triflureks) 
    qo‘llangandan so‘ng 12-14 oy o‘tuncha dalada qand lavlagisi, 14-
    16 oygacha jo‘xori, makkajo‘xori, sulgi ekish mumkin emas.
    Faqat agrotexnika usullari va almashlab ekish yordamida 
    begona o‘tlar bilan kurashish ko‘pincha yetarli samara bermaydi. 
    Bunday vaziyatlarda begona o‘tlarga qarshi kurashish uchun 
    kimyoviy usullar qo‘llanadi.

    Download 13,74 Mb.
    1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   197




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Begona o‘tlarga qarshi kurash tadbirlari

    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish