• 14.3.2.1. Gerbitsidlar va ularning turlari
  •  Begona o‘tlarga qarshi kurashning kimyoviy




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet159/197
    Sana21.05.2024
    Hajmi13,74 Mb.
    #247359
    1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   197
    Bog'liq
    2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

    14.3.2. Begona o‘tlarga qarshi kurashning kimyoviy 
    usullari 
    Kimyoviy usul, ya’ni gerbitsidlarni qo‘llab begona o‘tlarni 
    yo‘qotish yuqori samarali usul bo‘lib, uni qo‘llash natijasida 


    364 
    tuproqqa mexanik ta’sir qilish sezilarli darajada kamayadi.
    O‘simliklarni qurituvchi yoki o‘sishini to‘xtatuvchi kimyoviy 
    vositalarga gerbitsidlar deyiladi.
    Gerbitsid qo‘llanadigan dalalarni avval yaxshilab tekislash 
    talab qilinadi. Tekis dalalarga sepiladigan gerbitsidlar tekis tarqa-
    ladi va bu o‘z navbatida, gerbitsidlarning samaradorligini oshiradi 
    hamda ta’sir davrini uzaytiradi. Yaxshi tekislanmagan, ayrim 
    joylarida suv to‘planib qolgan dalalarda ko‘p gerbitsidlar tez 
    parchalanib ketadi va ularning samarasi tubdan pasayib ketadi.
    Ekin ekishdan oldin dalani sug‘orish begona o‘tlarning 
    urug‘larini unib chiqishga majbur qiladi va o‘tlarning paydo 
    bo‘lgan maysa va nihollari bilan kurashish imkoniyatini yaratadi.
    Bu tadbir keyingi davrda begona o‘tlar paydo bo‘lishini 
    butunlay bartaraf qilmasa ham, zararlanish darajasini keskin 
    kamaytiradi.
    Shu bilan birga, sug‘orish dalani ekishga puxta tayyorlashga, 
    tuproq kesaksiz bo‘lishi va gerbitsidlarni samarali ishlatishga 
    imkoniyat yaratadi.
    Kesagi ko‘p tuproqqa ekishdan oldin kiritiladigan yoki 
    purkaladigan gerbitsidlarning begona o‘tlarga qarshi samarasi 
    keskin pasayib ketadi.
    Ekin nihollari unib chiqqandan so‘ng dalaga suv qo‘yish, 
    ularning tez o‘sishi va begona o‘tlar bilan raqobat qilish 
    qobiliyatini oshishiga imkoniyatlar yaratadi.
    14.3.2.1. Gerbitsidlar va ularning turlari 
    Begona o‘tlarga ta’sir qilish mexanizmiga ko‘ra gerbitsidlar 
    ikki guruhga – yoppasiga va tanlab ta’sir qiluvchilarga ajratiladi.
    Yoppasiga tasir qiluvchi gerbitsidlar barcha o‘simliklar 
    uchun zaharlidir.
    Tanlab ta’sir qiluvchi (selektiv) gerbitsidlar ba’zi o‘simliklar 


    365 
    (begona o‘tlar) uchun kuchli zaharli, boshqalari (ayniqsa madaniy 
    ekinlar) uchun esa zararsiz yoki kam zaharli.
    Tanlab ta’sir qiluvchi gerbitsidlar o‘z navbatida sirtdan 
    (kontakt) va tizimli ta’sir qiluvchi gerbitsidlarga bo‘linadi.
    Sirtdan ta’sir qiluvchi gerbitsidlar begona o‘tlarning faqat 
    purkalganda borib tekkan organlariga zarar yetkazadi (misol 
    uchun oksifluorfen, MSMF, DSRA).
    Qalin po‘stloqli, tanasi mum yoki tuklar bilan zich qoplangan 
    hamda ildizlari tuproqqa chuqur joylashgan o‘simliklar ko‘pchilik 
    sirtdan ta’sir qiluvchi gerbitsidlarga chidamlidir.
    Tizimli ta’sir qiluvchi gerbitsidlar o‘simlikning tomirlarida 
    harakatlanib, uning barcha qismlariga tarqaladi, hujayralarga 
    so‘riladi, ularni zaharlaydi va o‘simlikni nobud qiladi. Bunday 
    gerbitsidlar ildizi chuqur joylashgan kup yillik begona o‘tlar va 
    butalarga ham samarali ta’sir qiladi.

    Download 13,74 Mb.
    1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   197




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Begona o‘tlarga qarshi kurashning kimyoviy

    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish