367
mavjud zararkunandalar,
kasalliklar, begona o‘tlar va boshqa
zararli omillar ekinlarni o‘sib-rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi va
ularni hatto nobud qilishi ham mumkin.
Shuning uchun zamonaviy sharoitlarda ekinlarni yetishtirish-
da (qishloq xo‘jaligida) o‘simliklarni
himoya qilish katta aha-
miyatga ega. Ekinlarni himoya qilish – bu vositalar, mahsulotlar
va strategiyalar majmuasi bo‘lib, u o‘simliklarga zararkunandalar,
kasalliklar, begona o‘tlar, viruslar va boshqa zararli omillar tomo-
nidan yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararlardan himoya qiladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq -ovqat va qishloq
xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, agar fermerlar ekinlarni
himoya qilish
usullaridan foydalanishmasa, zararkunandalar va
kasalliklar yetishtirilayotgan hosilning qariyb 40 foizini nobud
qilishi mumkin.
O‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha amaliyotda qo‘llanila-
yotgan usullar odatda bir necha guruhga ajratib ko‘rsatiladi.
14.4.1. O‘simliklarni himoya qilishning asosiy usullari
O‘simliklarni himoya qilishning turlicha usullari mavjud
bo‘lib, ularni ishlatiladigan vositasiga ko‘ra quyidagi usullarga
ajratiladi:
1)
agrotexnik usullar;
2)
fizik-mexanik usullar;
3)
kimyoviy usullar;
4)
biologik usullar;
5)
kompleks usullar.
1.
Agrotexnik usullar
O‘simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish-
ning agrotexnik usullari maxsus agrotexnik tadbirlardan iborat.
Bu tadbirlarni amalga oshirish kasalliklarni paydo bo‘lishi va
zararli mikroorganizmlarning ko‘payishiga
imkon bermaydigan
368
va ekinlarning himoya xususiyatlarini oshiradigan sharoitlarni
yuzaga keltiradi.
O‘g‘itlardan foydalanish, begona o‘tlarni yo‘q qilish,
ekinlarni tanlash va o‘simliklarni
himoya qilishning boshqa
agrotexnik usullari ekinlarning yaxshi rivojlanishiga va ularni
tashqi ta’sirlarga chidamliligini oshirishga ko‘maklashadi.
Agrotexnik himoya usullaridan biri tuproqqa ishlov berish
tuproqdagi zararkunandalar va viruslar sonini kamaytiradi.
Agrotexnik usullardan eng mashhuri –
almashlab ekish esa
zararkunandalar va patogen mikroorganizmlarni bir joyda
to‘planishiga to‘liq to‘sqinlik qiladi.