• 14.2.3.2. O‘g‘itlovchi idishning hajmini hisoblash
  • 14.2.3.3. O‘g‘it eritmasini aralashtirish
  •  O‘g‘it yetkazib beruvchi moslamaning suv sarfi




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet157/197
    Sana21.05.2024
    Hajmi13,74 Mb.
    #247359
    1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   197
    Bog'liq
    2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

    14.2.3.1. O‘g‘it yetkazib beruvchi moslamaning suv sarfi
     
    O‘g‘it yetkazib beruvchi moslamaning suv sarfini aniq bilish 
    tizimga belgilangan vaqt davomida o‘g‘it eritmasining talab 
    qilinadigan miqdorini yetkazib berish imkoniyatini yaratadi.


    357 
    Suv sarfini aniq hisoblash
     
    uchun quyidagi tenglikdan 
    foydalaniladi: 
    𝒒 =
    𝑭 ∙ 𝑫
    𝑼
    𝒕
     
    bu yerda, q – injektorning suv sarfi, l/soat;
    F – ekin maydoni, ga;
    D
    U
    – o‘g‘itning dozasi, l/ga;
    t – o‘g‘it berish vaqtining davomiyligi, soat.
    Misol: 2,5 gektar sug‘oriladigan ekin maydoniga 150 l/ga 
    miqdordagi o‘g‘it eritmasini yetkazib berish lozim. Buning uchun 
    o‘g‘it yetkazib beruvchi nasosning suv sarfini aniqlash talab 
    qilinadi.
    Yuqoridagi tenglik asosida nasosning suv sarfi:
    q = 2,5 ga 

    150 l/ga / 3 soat = 125 l/soat miqdorida bo‘ladi. 
    14.2.3.2. O‘g‘itlovchi idishning hajmini hisoblash
     
    O‘g‘itlovchi idishning hajmi – hech bo‘lmaganda ekin 
    maydonini bir sug‘orishga yetadigan o‘g‘it eritmasining hajmi.
    O‘g‘it erimasining hajmi litrlarda o‘lchanadi va quyidagi 
    tenglik yordamida aniqlash mumkin.
    W
    U
    = F 

    D
    U
    bu yerda, W
    U
    – o‘g‘itlovchi idishning hajmi (l)
    D
    U
    – o‘g‘itning dozasi, l/ga;
    F – ekin maydoni, ga.
    Misol: 0,5 gektardagi sug‘oriladigan ekin maydoniga 150 l/ 


    358 
    ga dozada o‘g‘it eritmasi yetkazib berilayotgan bo‘lsa, 
    o‘g‘itlovchi idishning hajmi:
    W
    U
    = F 

    D
    U
    = 150 l/ga 

    0,5 ga = 75 litrga teng bo‘ladi. 
    14.2.3.3. O‘g‘it eritmasini aralashtirish 
    O‘g‘it eritmasini aralashtirish koeffitsienti eritmadagi o‘g‘it-
    ning konsentratsiyasini kerakli konsentratsiyadagi o‘g‘itning 
    hajmiga nisbatini (foizlarda) anglatadi. Bu koeffitsient quyidagi 
    tenglik yordamida aniqlanadi:
    𝑼
    𝒌
    =
    𝟏𝟎𝟎 ∙ 𝒒
    𝒒 + 𝑸
     
    bu 
    yerda, 
    U
    k
    – sug‘orish tizimidagi o‘g‘itning 
    konsentratsiyasi, %;
    q – o‘g‘it eritmasining hajmi, litr;
    Q – sug‘orish suvining hajmi, litr.
    Misol: 10 litr suyuq o‘g‘it (eritmasi) 190 litr suv bilan 
    aralashtirilganda aralashtirish koeffitsienti:
    U
    k
    = 100 

    10l / (10 l + 190 l) = 5% ni tashkil qiladi.
    Tomchilatib sug‘orish tizimining o‘g‘itlovchi moslamasi 
    mana shu hisoblangan aralashtirish koeffitsientini ta’minlashi 
    kerak.
    Buning uchun o‘g‘itlovchi moslama ishini rostlash talab 
    qilinadi. O‘g‘itlovchi moslamani rostlashning o‘zi bir necha 
    bosqichni tashkil qiladi:
    1.
    Sug‘oriladigan (o‘g‘it beriladigan) ekin maydonini aniq 
    bilish talab qilinadi
    2.
    Ekin maydoning bir gektariga beriladigan o‘g‘itning 


    359 
    miqdori aniqlanishi lozim.
    Agar hisoblar gektariga oziq moddalarning kilogrammlari 
    ko‘rinishida berilgan bo‘lsa, o‘g‘it miqdori quyidagi tenglik 
    yordamida aniqlanadi:
    𝑭
    𝑾
    =
    𝟏𝟎𝟎 ∙ 𝑵
    𝑾
    𝑵
    𝑪
     
    bu yerda, F
    W
    – o‘g‘it berish me’yori (og‘irligi bo‘yicha), 
    kg/ga;
    N
    W
    – oziq moddalarni berish (og‘irligi bo‘yicha), kg/ga;
    N
    C
    – ta’sir qiluvchi oziq moddaning o‘g‘it tarkibidagi 
    konsentratsiyasi, %.
    Masalan, azotning beriladigan me’yori 200 kg/ga ni tashkil 
    qiladi, o‘g‘it sifatida ammoniy sulfat ishlatiladi, ammoniy sulfat 
    tarkibidagi azotning miqdori 21%.
    Bir gektar ekin maydoniga beriladigan sulfat ammoniy 
    o‘g‘itining miqdori:
    Fw = 100 

    200 (kg/ga) / 21% = 950 kg/ga ni tashkil qiladi.
    Agar bir gektar ekin maydoniga berishi lozim bo‘lgan o‘g‘it 
    hajmini aniqlash lozim bo‘lsa, u quyidagi tenglik yordamida 
    aniqlanadi:
    𝑭
    𝑽
    =
    𝑭
    𝑾
    𝑺
    𝑾
     
    bu yerda, F
    V
    – o‘g‘itning hajmi, l/ga;
    F
    W
    – o‘g‘itning hajmi, kg/ga;
    S
    W
    – solishtirma og‘irlik, kg/l.
    Misol: Ishlatilayotgan suyuq ammoniy nitrat o‘g‘itining 


    360 
    me’yori 65 kg/ga. Ammoniy nitratning solishtirma og‘irligi – 1,3 
    kg/l. Bu holatda berilishi lozim bo‘lgan o‘g‘itning hajmi:
    F
    V
    = 65 (kg/ga) / 1.3 (kg/l) = 50 l/ga ni tashkil qiladi.
    O‘g‘itlarning hisoblangan me’yorini ekin dalasiga yetkazib 
    berish uchun tomchilatib sug‘orish tizimi tarkibida qo‘llangan 
    o‘g‘itlash moslamasining suv sarfi rostlanishi talab qilinadi.

    Download 13,74 Mb.
    1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   197




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     O‘g‘it yetkazib beruvchi moslamaning suv sarfi

    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish