356
a) o‘g‘itlovchi idish
b) Venturi injektori
d) dozatron nasos
14.4-rasm. O‘g‘itlovchi moslamalarning turlari va ko‘rinishlari.
Biroq, tajribalarni ko‘rsatishicha, Venturi injektori tizimdagi
suvning bosimi 2 atm. atrofida bo‘lgan sharoitlarda samarali
ishlaydi. Suvning bosimi 2 atm. dan past bo‘lgan holatlarda esa
injektorni ishlash samarasi kamayib ketadi yoki butunlay
ishlamay qo‘yadi.
Shuning uchun, o‘g‘itlovchi moslamani tanlash uchun
tizimdagi mavjud holatni, bosimni yaxshi bilish juda muhim.
Tomchilatib sug‘orish tizimida qanday o‘g‘itlash moslamasi
qo‘llanilganiga qaramay, suvga qo‘shiladigan o‘g‘it eritmasi
albatta avvaldan maxsus idishda tayyorlab olinadi.
Tomchilatib sug‘orish tizimiga yetkazib beriladigan o‘g‘it
eritmasining me’yori ishlatilayotgan oziq moddalar dozasi,
sug‘orilayotgan maydon kattaligi va sug‘orishning davomiyligiga
bog‘liq ravishda tayinlanadi.
Shunday qilib, tomchilatib sug‘orish tarmog‘iga berilayotgan
suyuq o‘g‘itning konsentratsiyasi va suv sarfi hisobga olinadi.