373
oqibatlari aniqlanganidan keyin, bu sabablarni kamaytirish
tadbirlari rejalashtiriladi.
Sug‘orishni optimallashtirishning asosini ishlatilayotgan
suvning miqdorini nazorat qilish va suv bilan bog‘liq salbiy
vaziyatlarning oldini olish tashkil qiladi. Ma’lumki jahonda
foydalanilayotgan chuchuk suv resurslarining 70% i qishloq
xo‘jaligida ishlatiladi. Shundan 60% ga yaqini behudaga
sarflanadi.
Zamonaviy suv tejovchi sug‘orish tizimlarini joriy qilish
nafaqat suvdan samarali foydalanish, balki ularni oqilona
boshqarish va samarali foydalanish imkoniyatlarini ham yaratadi.
3)
ob-havo o‘zgarishlarini hisobga olish va boshqarish
O‘simliklarni himoya qilish strategiyasining yana bir muhim
ko‘rsatkichi bu ob-havo injiqliklarini baholash va boshqarishdir.
Ob-havo injiqliklari, xususan do‘l yoki to‘fon kabi hodisalar
ekinlarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Ob-havo injiqliklarini
baholovchi dasturlardan foydalanish ekin maydonni ob-havo
injiqliklariga avvaldan tayyorlashga imkoniyatlar yaratadi.