Shvetsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/197
Sana21.05.2024
Hajmi13,74 Mb.
#247359
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   197
Bog'liq
2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

2.
 
Fizik-mexanik usullar
 
O‘simliklarni zararkunandalar va kasalliklardan himoya 
qilishning fizik-mexanik usullari – issiqlik va radioaktiv 
nurlanish, yorug‘lik, ultratovush kabi fizik hodisalarga, 
shuningdek zararkunandalarga qarshi kurashda mexanik tuzoq va 
boshqa asboblardan foydalanishga asoslangan.
O‘simliklarni kasalliklar, zararkunandalar va begona o‘tlar-
dan himoya qilishning fizik-mexanik usullari sifatida zararkun-
andalarni zararsizlantirish va urug‘larni dorilash uchun radioaktiv 
va issiqlik nurlanish, zararkunandalarni qo‘rqitish yoki ularning 
dushmanlarini jalb qilish uchun ultratovush va yorug‘lik 
nurlaridan foydalaniladi.
Ekinlarni himoya qilish mexanik usullarining samarali yuqori 
emas va ularni qo‘llash ko‘p mehnat talab qiladi. Shuning uchun 
ular amaliyotda nisbatan kam qo‘llanadilar.
3.
 
Kimyoviy usullar
 
O‘simliklarni zararkunandalar va kasalliklardan himoya qi-
lishning kimyoviy usullari zararkunandalar va mikroorganizmlar 
uchun zararli bo‘lgan kimyoviy vositalardan foydalanishga 
asoslangan.


369 
a) traktor yordamida dori sepish
b) qo‘l purkagichi yordamida 
dori sepish
14.6-rasm. Ekin dalasiga kimyoviy ishlov berish (dori sepish).
Bu usulning samarasi yuqori va foydalanish qulay. Shu bois 
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ularni qo‘llash sezilarli 
darajada ortdi (14.6-rasm).
O‘simliklarni kimyoviy himoya qilish usullarini keng 
qo‘llashning o‘ziga xos salbiy tomoni bo‘lib, ular tuproq va suvni 
kimyoviy ifloslantirishlari, kimyoviy moddalarga chidamli zarar-
kunandalarni paydo bo‘lishiga sharoit yaratishlari, qo‘llanilayot-
gan kimyoviy birikmalarni oziq-ovqat mahsulotlarida to‘plani-
shiga sabab bo‘lishlari ham mumkin.
Bundan tashqari kimyoviy vositalar atrof-muhitdagi muvo- 
zanatga jiddiy ziyon yetkazishlari, ya’ni kimyoviy vositalar 
zararkunandalarning tabiiy kushandalarini qirib yuborishlari ham 
mumkin.
Shuning uchun, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy 
usullari qat’iy tartiblar asosida qo‘llaniladi. Bunda qo‘llanila-
digan kimyoviy vositalarning inson organizmi uchun xavfsiz 
turlarini qo‘llashga alohida e’tibor qaratiladi.

Download 13,74 Mb.
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   197




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shvetsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi

Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish