Gerbitsidlarni amalda qo‘llash usullari




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/197
Sana21.05.2024
Hajmi13,74 Mb.
#247359
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   197
Bog'liq
2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

14.3.2.2. Gerbitsidlarni amalda qo‘llash usullari 
Gerbitsidni to‘g‘ri tanlash, qo‘llash muddatlari va usulini, 
preparat va uning ishchi suyuqligini sarflanish me’yorini aniq 
bilish begona o‘tlarga qarshi samarali kurashda muhim o‘rin 
tutadi.
Qo‘llash muddatiga qarab gerbitsidlarni ekishdan oldin va 
keyin (nihollar unishidan oldin va keyin) qo‘llanadiganlarga 
bo‘lish mumkin.
Odatda gerbitsidlarni quyidagi usullarda qo‘llanadi:

ekishdan oldin tuproqqa kiritish;
Gerbitsid urug‘ni yerga qadashdan oldin tuproqqa kiritiladi 
va tuproq bilan aralashtiriladi.

ekishdan oldin qo‘llash;
Gerbitsid urug‘ni ekishdan oldin tuproq yuzasiga yoki 
o‘sayotgan begona o‘tlarga purkaladi.


366 

nihollar unib chiqishidan oldin qo‘llash;
Gerbitsid ekin nihollari unib chiqishidan oldin tuproqqa 
kiritiladi va u begona o‘tlarni unib chiqishidan oldin yoki unib 
chiqqandan so‘ng tez orada nobud qiladi.

nihollar unib chiqqandan so‘ng qo‘llash;
Gerbitsid ekinlar nihollari (va begona o‘tlar) tuproqdan unib 
chiqqandan keyin purkaladi.

aniq yo‘llab qo‘llash;
Gerbitsid qatorlardagi begona o‘tlarga yoki ularning ayrim 
qismlariga (poyasi, bargiga) yoki tuproqning ayrim joylariga aniq 
qaratib purkaladi.

yoppasiga purkash;
Gerbitsid o‘simliklarga texnika yordamida yoppasiga 
purkaladi.

tasmasimon purkash;
Gerbitsid faqat ekin qatorlarida o‘sayotgan begona o‘tlarga 
tasmasimon purkaladi.

kechiktirib qo‘llash;
Bu usulda gerbitsid ekin qator oralarini oxirgi marta 
kultivatsiya qilish paytida yoki bevosita kultivatsiyadan keyin 
purkaladi yoki tuproqqa kiritiladi.

tanlab purkash;
Gerbitsid dalaning faqat begona o‘tlar o‘sayotgan joyini 
tanlab va aniq yo‘llab purkaladi.

Download 13,74 Mb.
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   197




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Gerbitsidlarni amalda qo‘llash usullari

Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish