377
yaroqsiz bo‘lgan yoki demontaj qilingan bo‘lsa, soliq imtiyozi
butun soliq davri uchun soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyat-
larning tiklanishi bilan bekor qilinadi;
(O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, XVI bo‘lim. Yer
solig‘i, 428-modda. Soliq imtiyozlari)
15.1.2. Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarni joriy qilish
uchun kreditlar ajratish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 dekabr-
dagi PQ-4919-son “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan
texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan suv tejovchi sug‘orish
tizimlarini joriy qilayotgan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab
chiqaruvchilariga (yuridik shaxslarga) suv tejovchi sug‘orish
tizimlarini joriy qilish uchun tijorat banklari tomonidan talabga
ko‘ra kreditlar ajratilishi belgilab qo‘yilgan.