375
15-BOB. SUV TEJOVCHI SUG‘ORISH
TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASHNI
DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB
QUVVATLANISHI
Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida
suv resurslarini oqilona
boshqarish, suv resurslaridan samarali foydalanish va ularni
muhofaza qilishga davlat organlari tomonidan katta e’tibor
qaratiladi.
Ayrim davlatlarda bu masalalar
qariyb davlat siyosati
darajasigacha ko‘tarilgan.
Shu
jumladan,
qurg‘oqchil
mintaqada
joylashgan
O‘zbekiston Respublikasi sharoitida ham suv resurslarini oqilona
boshqarish, ulardan samarali foydalanish va muhofaza qilish
masalalariga davlat Prezidenti
darajasida alohida ahamiyat
beriladi. Ayniqsa, mamlakatning qariyb barcha hududlarida
taqchil bo‘lgan suv resurslaridan tejab-tergab foydalanishga katta
e’tibor qaratiladi.
Jumladan, suv resurslarini eng ko‘p ishlatuvchisi sanaladigan
qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida sug‘orishning
suv tejovchi
texnologiyalarini qo‘llash asosida mavjud suv resurslaridan
oqilona va samarali foydalanish
davlat tomonidan bir qator
yo‘llar bilan davlat tomonidan to‘liq qo‘llab quvvatlanadi.
15.1. Ekinlarni sug‘orishning suv tejovchi
texnologiyalarini qo‘llashni davlat tomonidan
rag‘batlantirilishi
Hozirgi kunda O‘zbekiston sharoitida suv tejovchi sug‘orish
tizimlarini joriy qilgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari
uchun:
376
–
soliq to‘lovlaridan
ozod qilish;
–
suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish uchun kreditlar
ajratish;
–
suv tejovchi texnologiyalarni
joriy qilish xarajatlarini
qoplash
uchun
davlat
budjetidan
va
maxsus
jamg‘armalardan subsidiyalar ajratish;
–
suvni tejaydigan texnologiyalarni xarid qilish va qurishga
ajratiladigan bank kreditlari bo‘yicha
foiz xarajatlarining
bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratish;
–
suv tejovchi texnologiyalarni
chetdan olib kelinayotgan
uskunalarini bojxona to‘lovlaridan ozod qilish kabi bir
qator imtiyozlar yaratilgan.