374
5)
shoshilinch choralar ko‘rish
Ekin maydoni doim kuzatuv ostida bo‘lishi va yuzaga
kelayotgan har qanday vaziyatga tezlik bilan munosabat
bildirilishi lozim.
O‘z vaqtida aniqlangan muammolarni tezlik bilan bartaraf
qilish choralari ko‘riladi. Buning uchun holatni o‘zgarishini
kutmaslik kerak. Yuzaga kelayotgan tahdidga kechikmay to‘g‘ri
javob qaytarish o‘simliklarni himoya qilishning eng yaxshi
usullaridan sanaladi.
Bunda zararkunandalar tahdidiga uchragan nuqtalarni darhol
aniqlash va ularni bartaraf qilish choralari ko‘riladi.
14.4.3. O‘simliklarni mukammal himoya qilishning FAO
tamoyillari
Jahon miqyosida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-
ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti tomonidan o‘simliklarni
zararkunandalar va kasalliklardan mukammal himoya qilish
tamoyillari ilgari surilgan.
Uning asosiy vazifasi buzilayotgan agroekotizimlar sharoiti-
da asosiy e’tiborni sog‘lom hosil yetishtirishga qaratishdan iborat.
Bu vazifaning asosini quyidagilar tashkil qiladi:
–
qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashishning
barcha mavjud usullarini chuqur bilish;
–
zaharli ximikatlardan foydalanishni kamaytirish;
–
tadbirlarni iqtisodiy samarali darajada bo‘lishini
ta’minlash;
–
odamlar va hayvonlar salomatligi hamda atrof-muhit
holati uchun bo‘ladigan xavflarni minimallashtirish;
–
agroekotizimlar buzilishi mumkin bo‘lgan sharoitlarda
asosiy e’tiborni sog‘lom hosil yetishtirishga qaratish;
–
zararkunandalarga qarshi kurashning tabiiy usullarini
qo‘llash.