346
–
ekin ildiz qatlami joylashgan tuproq namligi kapillyar
nam sig‘imi darajasida bo‘ladi;
–
tuproq haydaladigan qatlamining
strukturasi buzilmaydi,
qatqaloq bo‘lmaydi, begona o‘tlar kamroq o‘sadi;
–
tuproq yuzasidan namlikni bug‘lanishi kamroq, tuproqda
har doim optimal namlik saqlanadi;
–
o‘qariq va ariqlarni
olishga hojat qolmaydi;
–
suv tashlamaga tashlanmaydi;
–
sug‘orishga chiqit suvlarni ishlatish imkoniyati ko‘payadi;
–
tuproq eroziyasi bo‘lmaydi;
–
ekin hosildorligi ortadi.
Ekinlarni tuproq ostidan sug‘orishning o‘ziga xos jihatlari
mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
–
tizimni qurish xarajatlari baland (nisbatan qimmat);
–
yengil, cho‘kadigan va sho‘rlangan tuproqlarda qo‘llab
bo‘lmaydi;
–
tuproqning yuqori
qatlami kam namlanadi;
–
sug‘orishga beriladigan suv toza (tiniq) bo‘lishi lozim;
–
sug‘orish quvurlarini ta’mirlash qiyin (chunki ular yer
ostida);
–
suv chiqadigan teshikchalar o‘simlik ildizlari bilan
berkilib qoladi;
–
tizim tez-tez yuvib turishni talab qiladi.
13.2. Tuproq ostidan sug‘orishni qo‘llashdagi shartlar
Tuproq ostidan sug‘orish tuproqning shimib olish kuchiga
asoslanganligi tufayli uni suvning yuqoriga qarab kapillyar
ko‘tarilishi yaxshi bo‘lgan tuproqlar sharoitida qo‘llash maqsadga
muvofiqdir.
Qum, qumoq, shag‘al, cho‘kishga moyil va sho‘rlangan
tuproqlar sharoitida tuproq ostidan sug‘orishni qo‘llash
tavsiya
qilinmaydi.
347
Tuproq ostidan sug‘orishda suv yer ostiga yotqiziladigan
quvurlar vositasida yetkazib berilganligi tufayli quvurlarni
loyqaga to‘lishini oldini olish tadbirlarini (suvni tindirish va
filtrlash) qo‘llash tavsiya qilinadi.
Tuproq ostidan sug‘orishda ishlatiladigan
quvurlar qattiq
bo‘lishi va ular tuproq ostida ezilib qolmasligi lozim.
Tuproq ostidan sug‘orish joriy qilinadigan dalada
yetishtiriladigan ekinning ekilish sxemasi doimiy (har yili bir xil,
o‘zgarmas) bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Tuproq ostidan sug‘orish tizimining quvurlari yerning ishlov
beriladigan qatlamdan (0,2-0,4 m dan) pastga yotqizilishi lozim.
AQShda qo‘llaniladigan tuproq ostidan tomchilatib sug‘orish
shlanglarining yer ostiga yotqizilishi ko‘rinishi 13.3-rasmda aks
ettirilgan.
13.3-rasm. Tuproq ostidan tomchilatib sug‘orish shlanglarining
yer ostida joylashishi