331
12.10-rasm. Statsionar yomg‘irlatib sug‘orish tizimi quriladigan
maydonning Google Earth dasturidan olingan
tasviri
(Namangan
viloyati
Yangiqo‘rg‘on
tumanidagi “Isoqov Oqiljon” fermer xo‘jaligi
misoli).
15.5.1. Statsionar yomg‘irlatib sug‘orish tizimining
sxemasini tuzish
Quriladigan yomg‘irlatib sug‘orish tizimining plan-sxemasi
tuzilib, sug‘orish rejalashtirilayotgan dalaning xaritasiga tushirib
chiqiladi.
Sxemada suv yetkazib beruvchi
va suv tarqatuvchi quvurlar
joylashtiriladigan chiziqlar, ularning uzunliklari, oralaridagi
masofalar, tizim bosh inshootlarining
joylashuv nuqtalari
ko‘rsatiladi.
Sxema asosida yetkazib beriladigan suvning har bir
tarqatuvchi quvurdagi va tizimdagi umumiy sarflari aniqlanadi.
Quvurlarning suv sarfi va uzunligi asosida tizimning har bir
quvuridagi bosim va bosim isrofi aniqlanadi.
332
12.11-rasm. Statsionar yomg‘irlatib sug‘orish tizimining plan-
sxemasi (Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani-
dagi “Isoqov Oqiljon” fermer xo‘jaligi misoli).
Tizim quvurlaridagi suv sarfi va bosim isrofining
qiymatlarini aniqlash tizimning gidravlik hisobini bajarish
asosida amalga oshiriladi.
Buning uchun statsionar yomg‘irlatib sug‘orish
tizimining
plan- sxemasi tuzib chiqiladi. Sxemada sug‘orish tizimi barcha
quvurlarining
yo‘nalishlari,
yomg‘irlatgichlarni joylashuv
o‘rinlari va ularning orasidagi masofalar to‘liq
aks ettiriladi
(12.11-rasm).