Shvetsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/197
Sana21.05.2024
Hajmi13,74 Mb.
#247359
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   197
Bog'liq
2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

tarkibiy qismlari 
Statsionar yomg‘irlatib sug‘orish tizimining tarkibiga nasos 
qurilmasi, suv yetkazib beruvchi quvur, tarqatuvchi quvurlar, 
quvurlarni bir-biriga ulovchi uchlik, tirsak va o‘tuvchilar, suv 
uzatuvchi shlang, yomg‘irlatgich va uni ushlab turuvchi po‘lat 
ustun, yomg‘irlatgich va shlangni bir-biriga ulovchi adapter va 
muftalar, tarqatuvchi quvurning oxiriga mahkamlanadigan 
tiqinlar kiradi.
Odatda, bu qismlar dalaning o‘ziga xosligini hisobga olgan 
holda, sug‘orish tizimining tanlangan sxemasi asosida butlanadi.
Nasos qurilmasi belgilangan miqdordagi suvni yomg‘irlatib 
sug‘orish tizimiga zarur bosim ostida yetkazib berishga 
mo‘ljallangan. U suvni suv manbaidan olib bosh quvurga 
yetkazib beradi.
Suv yetkazib beruvchi quvur (bosh quvur) suvni nasos 
qurilmasining bosimli quvuridan olib tarqatuvchi quvurlargacha 
uzatadi.
Suv yetkazib beruvchi quvur (bosh quvur), odatda, katta 
bosimga chidaydigan polietilendan tayyorlanadi va uning 
diametri odatda 75 mm dan, devorining qalinligi 4,5 mm dan 
katta bo‘ladi.
Tarqatuvchi quvurlar suvni bosh quvurdan olib yomg‘ir- 
latgichlarning shlanglarigacha yetkazib beradi. Tarqatuvchi 
quvurlar 
ham 
katta 
bosimga 
chidaydigan 
polietilendan 
tayyorlanadi va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlarida quvurning 6 
atm bosimga chidaydigan turlari (masalan, diametri 50 mm, 
devorining qalinligi 3,0 mm) ishlatiladi.


327 
uchlik
 
tirsak
 
tuvchi
 
 
bog‘lovchi tugun 
12.6-rasm. Bosh va tarqatuvchi quvurlarni o‘zaro ulovchilari va 
ulash tuguni.
 
Sug‘orish tizimining suv yetkazib beruvchi va tarqatuvchi 
quvurlari yer ostiga joylashtirilishi ham, yer ustiga o‘rnatilishi 
ham mumkin.
Bosh va tarqatuvchi quvurlarni o‘zaro ulovchi qismlar uch-
lik, tirsak, o‘tuvchi va adapterlardan iborat bo‘ladi (12.6-rasm).
Tarqatuvchi quvurlarning bosh qismiga kran o‘rnatiladi, 
oxirgi tugaydigan qismi esa yopgich (tiqin) bilan mahkam yopib 
qo‘yiladi (12.7-rasm).
a) soqqali kran
b) yopgich (tiqin)
12.7-rasm. Tarqatuvchi quvurga o‘rnatiladigan kran va quvur 
oxirini yopuvchi moslamalar.


328 
Suv uzatuvchi shlanglar suvni tarqatuvchi quvurdan olib 
yomg‘irlatgichga yetkazib berishga mo‘ljallangan. Ular yuqori 
bosimga chidaydigan polietilendan tayyorlanadi va, odatda, 
diametri 16-20 mm, devorining qalinligi 2,0 mm ga teng bo‘ladi. 
Suv uzatuvchi shlang tarqatuvchi quvurga nipelli shtuser 
yordamida ulanadi. 
Yomg‘irlatgichlar quvurda oqib kelayotgan suvni yomg‘ir 
tomchilari sifatida sepish uchun xizmat qiladi.
Statsionar yomg‘irlatib sug‘orish tizimlari yomg‘irlatgichlar-
ning ishlashiga ko‘ra:

suvni doimiy sepuvchi (statik);

suvni uzib-uzib sepuvchi (impulsli);

suvni aylanib sepuvchi (rotorli) kabi turlarga bo‘linadi.
Har bir yomg‘irlatgich o‘z atrofidagi radiusi 10-15 metrga 
teng bo‘lgan maydonni namlash imkoniyatiga ega. Maydon to‘liq 
namlanishini ta’minlash uchun bir yomg‘irlatgichning namlash 
radiusi, odatda, uning maksimal ko‘rsatkichidan 1,5 martaga kam 
qilib tanlanadi (12.8-rasm).
12.8-rasm. Yomg‘irlatgichlarni 
tarqatuvchi quvur bo‘ylab 
o‘rnatish sxemasi.


329 
a) impulsli 
yomg‘irlatgich 
moslamasi 
(umumiy 
ko‘rinishi va 
alohida 
qismlari)
b) tarqatuvchi quvurga 
o‘rnatilgan nipelli shtuser
12.9-rasm. 
Yomg
‘irlatib sug‘orish moslamasi va uning dalada 
o‘rnatilishi.


330 
Amaliyotda keng qo‘llaniladigan impulsli yomg‘irlatgich-
larda ikkitadan suv chiqaruvchi teshik bo‘lib, odatda, ularning 
diametri 4-6 mm va 2-2,5 mm ga teng. Kichik suv sepgich yaqin 
masofaga, katta diametrdagi suv sepgich esa 10-15 metrgacha 
radiusda suv sepadi.
Yomg‘irlatgichlar tarqatuvchi quvurning yoniga o‘rnatiladi 
va balandligi 1,5 metr bo‘lgan metall ustunga, ushlab turuvchi 
mufta yordamida mahkamlanadi.
Metall ustun diametri 12-14 mm bo‘lgan po‘lat armaturadan 
tayyorlanadi. Uning umumiy balandligi, odatda, 2 metr bo‘ladi, 
shundan 1,5 metrli qismi yer ustida turadi, 0,5 metrli qismi esa 
yer ostiga joylashtiriladi. Metall ustunning yuqori qismida 
yomg‘irlatgichning muftasini ushlab turadigan burama (rezba) 
bolt o‘rnatiladi.
Yomg‘irlatgichni ushlab turuvchi mufta metall quvurdan 
(ichki rezbali) yasaladi va uning bir (ustki) tomoniga yom-
g‘irlatgich, ikkinchi (pastki) tomoniga polietilendan yasalgan 
adapter 
o‘rnatiladi. 
Adapter 
suv 
uzatuvchi 
shlangni 
yomg‘irlatgichga ulash uchun xizmat qiladi. Ushlab turuvchi 
muftaning uzunligi odatda 5-6 sm kattalikda bo‘ladi (12.9-rasm).

Download 13,74 Mb.
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   197




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shvetsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi

Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish