• 11.7. Tomchilatib sug‘orish tizimi quvurlarini yuvish
  • 11.8. Tomchilatib sug‘orish tizimi shlanglarini yuvish
  •  Diskli va to‘rli filtrlarni yuvish




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet140/197
    Sana21.05.2024
    Hajmi13,74 Mb.
    #247359
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   197
    Bog'liq
    2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

    11.6.2. Diskli va to‘rli filtrlarni yuvish 
    Diskli va to‘rli filtrlarni yuvish uchun odatda ularning 
    kartridjlari yechib olinadi va kartridj ustida yig‘ilgan loyqa va 
    oqiziqlardan toza suv bilan yuviladi. Tozalangan kartrij yana 
    qaytadan o‘z joyiga o‘rnatib qo‘yiladi.
    Filtrlarni ishlatish va yuvish jarayonlarini boshqarilishiga 
    qarab ular qo‘lda boshqariluvchi yoki avtomatik tarzda 
    yuviladigan bo‘lishlari mumkin.
    Qo‘lda boshqariladigan filtrlarni filtrlash rejimidan yuvish 
    rejimiga o‘tkazish, undan so‘ng yana ortga qaytarish filtrga 
    keladigan suv ventilini qo‘lda ochib yopish orqali bajariladi. 


    318 
    11.3-rasm.
    Yarim avtomatik rejimda 
    ishlaydigan FS-60PA 
    filtrlash qurilmasi.
    Avtomatik yoki yarim avtomatik tarzda ishlaydigan filtrlarda 
    ish rejimini biridan boshqasiga o‘tkazish avtomatik qurilmalar 
    yordamida amalga oshiriladi (11.3-rasm).
    11.7. Tomchilatib sug‘orish tizimi quvurlarini yuvish 
    Tomchilatib sug‘orish tizimi quvurlarini mavsum davomida 
    2 marta, bir marta mavsum avvalida va yana bir marta mavsum 
    oxirida yuvish tavsiya qilinadi.
    Buning uchun tarqatuvchi quvurlarning oxiridagi yopgichlar 
    ochilib, tizim quvurlari quvurlaridan suvni erkin oqib chiqishi 
    yuzaga keltiriladi. Bunda 2-3 minut davomida suvning erkin 
    oqishini ta’minlanadi.
    Quvurlardan toza, tiniq suv oqib chiqa boshlaganda 
    quvurlarni yuvish to‘xtatiladi va quvurning yopgichi yana joyiga 
    o‘rnatilib, tizimning germetikligi ta’minlanadi.
    11.8. Tomchilatib sug‘orish tizimi shlanglarini yuvish 
    Tomchilatib sug‘orish tizimlari sug‘orish shlanglarini yuvish 
    shlanglar ichida va tomizgichlarda mayda zarrachalarni yig‘ilib 


    319 
    qolishini oldini oladi.
    Sug‘orish shlanglarini bir oyda 2 marta yuvib turish tavsiya 
    qilinadi. Bunda sug‘orish shlanglarni oxiridagi tiqinlar navbati 
    bilan 5 sekundga ochib qo‘yiladi va suvni shlangdan erkin oqib 
    chiqishiga imkon yaratiladi.
    Sug‘orish shlanglarida qotgan tuzlarni eritish va yopishgan 
    suv o‘tlarini chiqarib yuborish uchun mavsum davomida quvur va 
    shlanglarga 1-2 marta azot kislotasining 0,5% li eritmasini 
    yuborish tavsiya qilinadi.
    Tizim quvur va shlanlariga kislota eritmasi yuborilgandan 
    keyin oradan 15-20 soat o‘tgach, har bir sektorning quvur va 
    shlanglariga toza suv yuboriladi. Suvni tizimdan erkin oqib 
    chiqib ketishi uchun shlanglarning oxiri navbat bilan ochib 
    qo‘yiladi. Natijada tizim quvur va shlanglarini yuvilib tozalanishi 
    amalga oshiriladi.
    Har mavsum yakunida esa tomchilatib sug‘orish tizimi quvur 
    va shlanglariga azot kislotasining 2-3% li eritmasi bilan ishlov 
    berish tavsiya qilinadi.
    Bunda ham tizim quvur va shlanglariga kislotali eritma 
    yuboriladi va ma’lum vaqt o‘tgandan keyin sug‘orish shlanglarini 
    oxiri ochilib, eritmani erkin oqib chiqib ketishiga imkoniyat 
    yaratiladi.

    Download 13,74 Mb.
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   197




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Diskli va to‘rli filtrlarni yuvish

    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish