196
Sharbat usulida sug‘orishni amalga oshirish uchun, avvalo,
ekin dalasining suv kiradigan tomonida sharbat uchun handaq
(o‘ra) qaziladi.
Handaqqa chorva go‘ngi tashlanadi va unga (1:1 nisbatda)
suv qo‘shilib, aralashma holatiga keltiriladi va 5-7 kun davomida
saqlab qo‘yiladi.
Aralashmani tayyorlash uchun toza mol go‘ngi, chirigan
go‘ng yoki kompostdan foydalanish mumkin.
Daladagi ekinni sug‘orish vaqtda sug‘orishga berilayotgan
suv handaq orqali o‘tkaziladi.
Bu vaqtda bir ishchi xandaqdagi aralashmani suv bilan
yanada aralashishi uchun aralashmani qo‘zg‘atib turadi va suv
bilan birga oqib chiqishini ta’minlaydi va sug‘orishga
berilayotgan suv tarkibidagi go‘ngning miqdori juda ko‘p
(quyuq) bo‘lib ketmasligini kuzatib turadi.
Suvga aralashtirilgan go‘ngning miqdori me’yorida bo‘lsa, u
suv bilan birga oqib, sug‘orilayotgan egatning butun uzunligi
bo‘ylab tekis tarqaladi va tadbirning samarasi yuqori bo‘lishini
ta’minlaydi. Sug‘orish sharbat usulida olib borilganda suv-go‘ng
aralashmasining daladan oqavaga chiqib ketishiga yo‘l
qo‘yilmaydi, aks holda ekinga oziq sifatida berilayotgan go‘ng
behuda isrof bo‘ladi, ustiga-ustak quyida joylashgan zovur-
tashlamalar suvining organik birikmalar bilan ifloslanishiga ham
sabab bo‘ladi.