197
ular ekinlarning rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatadilar.
Mazkur mintaqalarda suv yetarli bo‘lgan yillarda ham issiq
(garmsel) shamollarning esishi 2 martadan 6
martagacha
kuzatiladi
Suv kam bo‘lgan yillarda esa issiq shamollarning esishi 7
martadan 18 martagacha kuzatiladi, davomiyligi esa doim 1
sutkadan ortiq bo‘ladi.
Issiq shamollarning esishi barcha ekinlarga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi va ularning hosildorligini pasaytirib yuboradi.
Ushbu salbiy hodisaning oldini olish
uchun dalalar atrofida
ihota daraxtzorlari tashkil qilish bilan bir qatorda, ekin dalasining
ichida shamollar kuchini kamaytirish uchun qo‘qonjo‘xori
(sorgo), supurgi, amarant, topinambur kabi o‘simliklardan yashil
devorlar tashkil qilinadi.
Bu ekinlar tezda 2-3 metrdan balandga bo‘y cho‘zib, yashil
devor hosil qiladilar va asosiy ekinlar (g‘o‘za,
don ekinlari,
sabzavotlar va poliz ekinlari) uchun issiq shamollardan ishonchli
himoya vositasi sifatida xizmat qiladilar.
Yashil devorlarning kengligi ishlov traktorining bir o‘tishi
kengligiga (1,8 m) teng bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ekin dalasidagi yashil devorlarning soni odatda iqtisodiy
hisob kitoblar asosida tayinlanadi. Odatda ular biri ikkinchisidan
20-30 metr masofada tashkil qilinadi.
Yashil devorlarni amaliyotda qo‘llash
asosiy ekin hosilini
10- 20% ga ortishini ta’minlaydi hamda mavsum davomida 500-
600 m
3
/ ga miqdordagi suvni tejash imkoniyatlarini yaratadi.