188
boshqarish va sug‘orish vaqtida suvni ekinning ildiz zonasiga
yetkazib berish muhim ahamiyatga ega.
Sug‘orishga berilayotgan suv ekinga egatlar orqali yetkazib
berilganda, suvning katta qismi egatning ichida tuproqqa
behudaga singib ketadi va isrof bo‘ladi. Sug‘orishdan
keyin esa
egatning namlangan tuprog‘idan ancha miqdordagi suv bug‘lanib
ketadi.
Suvning bunday yo‘qotilishini oldini olish yoki kamaytirish
uchun egatlar bo‘ylab turli materiallarni to‘shash maqsadga
muvofiq sanaladi.
Egatlab sug‘orishda somonga o‘xshash to‘shamalarni
qo‘llash yaxshi natija bermaydi, ya’ni ular suv bilan birga oqib,
ariqqa tiqilib qoladi.
Bunday
holatni yuz bermasligi uchun, ayrim tadqiqotchilar
ekin dalasidagi egatlar arig‘iga polietilen plyonka to‘shashni
tavsiya qilishadi (3.13-rasm).
Egat arig‘iga plyonka to‘shab sug‘orilganda, suvni isrof
qilmasdan ekinning ildiz qatlamiga tezroq yetkazib berish uchun
imkoniyat yaratiladi va sug‘orishdan keyin namlikni bug‘lanib
ketishining oldi olinadi.
3.13-rasm. Egatning arig‘iga plyonka to‘shab sug‘orishning
ko‘rinishi.
189
Bir gektardagi ekin maydoni egatlariga to‘shash uchun
saflanadigan plyonkaning miqdori o‘rtacha 60-65 kg/ga ni tashkil
qiladi.
Mavsum yakunida ekin maydoni egatlariga to‘shalgan
plyonkani yig‘ib
olish tavsiya qilinadi, aks holda, ekin maydoni
tuprog‘ini polimer qoldiqlari bilan ifloslanishi ro‘y berishi
mumkin.
Egat
arig‘iga
plyonka
to‘shab
sug‘orish
egatlab
sug‘oriladigan bir yillik ekinlarni yetishtirishda qo‘llaniladi.
Egat arig‘iga plyonka to‘shab sug‘orishni qo‘llash uchun
egatlar yaxshilab yumshatiladi
va ariq olish vaqtida uning
arig‘iga egat uzunligi bo‘ylab plyonka to‘shab chiqiladi.
Plyonkaning chetlari tuproq tortib mahkamlanadi.
Suvning ekin ildiz qatlamiga yetib borishi uchun plyonka
ma’lum masofalarda (odatda, har 0,2-0,3 metrda) teshib chiqiladi.
Plyonkani teshish uchun yirik mix yoki maxsus tayyorlangan
moslamadan foydalanish mumkin.
Sug‘orishga berilayotgan suv plyonkaning ustidan oqiziladi
va o‘z yo‘lidagi teshiklar orqali tuproqqa singiydi va uni
namlaydi. Natijada ekinning rivojlanishi
uchun maqbul nam
muhit shakllanadi. Sug‘orishga berilayotgan suv plyonkaning
ustidan harakat- langanligi tufayli tuproqqa behudaga singishi
kamayadi va egatning oxirigacha tezroq yetib boradi. Suvning
aksariyat qismi egat bo‘ylab plyonkaning maxsus teshiklari orqali
tuproqni namlashga sarf bo‘lganligi sababli egatning oxiriga juda
kam miqdorda suv boradi.
Suvning egat oxiridan chiqarib tashlanadigan qismi juda kam
miqdorda bo‘ladi yoki umuman bo‘lmaydi.
Sug‘orish egat arig‘iga plyonka to‘shab olib borilishi
natijasida suvning egat ostiga behudaga
shimilishi bartaraf
qilinadi va egatning oxiridan tashlamaga tashlanishi sezilarli
190
darajada kamaytiriladi.
Sug‘orishdan keyin egat butun uzunligi bo‘ylab plyonka
ostida qolganligi bois tuproqning ochiq yuzasidan suvning
bug‘lanishi bartaraf qilinadi.
Ekinni sug‘orishga berilgan suv faqat o‘simlik orqali
transpiratsiyaga sarflanadi va hosilning shakllanishi uchun xizmat
qiladi.
Egat arig‘iga plyonka to‘shab sug‘orishning o‘ziga xos
afzalliklari bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
•
egatlar butun uzunligi bo‘yicha bir
tekis namlanadi;
•
oqava suvlarning miqdori sezilarli kamayadi;
•
sug‘oriladigan maydondan suvning bug‘lanishi kamayadi;
•
ekin qator oralariga texnika yordamida ishlov berilmaydi;
•
sug‘orishga ishlatilayotgan suvning sarfi va umumiy
miqdori kamayadi.
Egat arig‘iga plyonka to‘shab sug‘orishni qo‘llash uchun,
ya’ni plyonkani egat arig‘iga yoyishda maxsus texnikaning
bo‘lishi talab
qilinadi, aks holda qo‘l mehnati ko‘payib ketadi.
Ekin dalasi egatlariga plyonka to‘shab sug‘orishga suvni
egiluv- chan quvurlar yordamida yetkazib berilsa, ekinlarni
sug‘orishda suvdan yanada tejamliroq va samaraliroq
foydalanishga erishilishi mumkin (3.14-rasm).